Перейти к основному содержимому

1 500 000 dan ortiq sovrinlardan birini yutib oling!

· 2 мин. чтения

Payme People dasturida ishtirok etyapsizmi? Siz darajani zabt etishga muvaffaq bo'ldingizmi va endi o’yin qanday o'tkazilishi haqida o'ylayapsizmi? Ushbu maqolada biz sizga bu haqda batafsil aytib beramiz.

Sovrinlar qachon topshiriladi?

21 yanvar kuni soat 23: 59 da to'plangan ballar sonini aniqlaymiz. Ballarga qarab, sizga daraja beriladi va bu darajalar bo'yicha o’yin o'tkaziladi. O'yindagi barcha sovrinlar 2 toifaga bo'linadi: tezkor sovrinlar va asosiy sovrinlar. Tezkor sovg'alar nima? Tezkor sovg'alar - bu promo-kodlar, pul mukofotlari hamda biz va hamkorlarimiz tomonidan taqdim etilgan kichik sovg'alardir. Ularning soni juda ko'p (xxx donadan ortiq) va ularni jonli efirda ijro etish uchun ko'p vaqt kerak bo'lgani sababli biz maxsus lending yaratamiz, unda sovg'alar random tomonidan taqsimlanadi. 2022 yil 22 yanvar kuni qurilmangizga yana bir xabarnoma QR-kod bilan keladi. Hamkorning promo-kodi yoki pul mukofoti pushning o'zida ko'rsatiladi. Agar jismoniy sovrinni qo'lga kiritgan bo'lsangiz, 2022-yil 22-yanvardan 5-fevralga qadar Riviera savdo markaziga kelib, Payme logotipi tushirilgan peshtaxta ortidagi xodimlargaQR kodingizni koʻrsatib, sovgʻangizni olishingiz mumkin.

Asosiy sovrinlar nima?

Aksiya yakunida oladigan tezkor sovg‘alardan tashqari, siz asosiy sovrinlardan birini yutib olishingiz mumkin - iPhone 13 PRO Max, PlayStation 5, ikki kishilik Dubay sayohati, ikki kishilik Maldiv orollari bo‘ylab sayohat, elektr samokat va boshqalar. 2022-yil 29-yanvar kuni Riviera savdo-ko‘ngilochar markazida biz tantanali tadbir o‘tkazamiz, unda randomayzer yordamida jonli efirda asosiy sovrinlarning baxtli g‘oliblarini tanlaymiz. Ya'ni, agar siz allaqachon tezkor sovrinni qo'lga kiritgan bo'lsangiz, bu asosiy sovrinlar siz uchun mavjud emas degani emas. Sizda ham bosh sovrinni yutish imkoniyati xuddi shunday mavjud! Va sovrinlar haqida yana bir oz gap.

Payme ilovasi orqali to'lovlarni amalga oshirib, siz allaqachon aksiya ishtirokchisiga aylanasiz va kafolatlangan sovrin – Yandex.Plusga obuna boʻlgan 90 kunlik promo-kodga ega boʻlasiz.