STIRni aniqlash
· O‘qish vaqti: 1 daqiqa
Payme’da STIRni qanday qilib aniqlash va rasmiy hujjat olish mumkin?
Xizmatdan foydalanish uchun Payme ilovasida foydalanuvchini identifikatsiyalash jarayonidan oʻtish kerak.
Batafsil video ko'rsatma:
1-qadam
Payme ilovasiga kiring va “Servislar” boʻlimiga oʻting
2-qadam
“Ma’lumotnomalar va davlat xizmatlari” servisini tanlang
3-qadam
“Ma’lumotnomalar” toifasini tanlang
4-qadam
“STIR aniqlash” xizmatini tanlang
5-qadam
Xizmatning qisqacha tavsifi bilan tanishib chiqing va “Oldinga” tugmasini bosing.
6-qadam
Ilova ma’lumotlaringizni avtomatik ravishda toʻldiradi. “Oldinga” tugmasini bosing
7-qadam
Ekranda STIR haqida ma’lumot paydo boʻladi
“Yuklab olish” tugmasini bosing. Ilova hujjatingizni rasmiy shaklda yuklab beradi.
Hujjat Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat” tizimi tomonidan tuzilgan. Shuning uchun siz uni talab etilgan joy boʻyicha taqdim etishingiz mumkin.