Перейти к основному содержимому

payme 3% keshbek bilan Tez QR orqali to‘lovlarni ishga tushirdi

· O‘qish vaqti: 2 daqiqa

img alt

UZCARD va payme strategik hamkorlik doirasida Tez QR texnologiyasi orqali to‘lovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Mazkur loyiha O‘zbekistonda chakana savdoda naqd pulsiz va raqamli to‘lovlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Integratsiya natijasida payme ilovasining 15 milliondan ortiq foydalanuvchilari mamlakat bo‘ylab 110 mingdan ortiq savdo nuqtalarida — Tez QR tizimi joriy etilgan barcha joylarda smartfon orqali xaridlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Xizmat ishga tushirilishi munosabati bilan payme uch oy davom etadigan aksiyani e’lon qiladi: payme ilovasida Tez QR orqali amalga oshirilgan har bir to‘lovdan 3% keshbek taqdim etiladi. To‘plangan keshbekdan faol payme plus obunasi bilan foydalanish mumkin. Aksiya shartlari bilan batafsil havola orqali tanishish mumkin.

Tez QR qanday ishlaydi

Tez QR — bu to‘lov vaqtida kassa terminalida shakllanadigan bir martalik QR-koddir.

To‘lovni amalga oshirish uchun sotuvchiga xaridni karta orqali to‘lamoqchi ekanligingizni aytish, payme ilovasini ochib, terminaldagi QR-kodni skanerlash va to‘lovni tasdiqlash kifoya. Xarid summasi QR-kod ichiga oldindan kiritilgan bo‘ladi, shuning uchun uni qo‘lda kiritish talab qilinmaydi. Bunda jismoniy karta bo‘lishi shart emas.

To‘lovni quyidagi usullar bilan amalga oshirish mumkin:

  • UZCARD kartalari bilan;
  • Humo kartalari bilan;
  • elektron hamyondan;
  • payme ilovasiga ulangan boshqa bank kartalari bilan.

Faol payme plus obunasi bilan qo‘shimcha imkoniyatlar ham mavjud: mablag‘ yechish usulini tanlash, “Keyinroq to‘lash” xizmati va to‘plangan keshbek bilan to‘lov qilish.

Ushbu to‘lov turining xavfsizligi shundaki, karta ma’lumotlari va PIN-kod sotuvchiga berilmaydi — to‘lov tasdiqlanishi bevosita ilova ichida amalga oshiriladi.