Перейти к основному содержимому

Payme Visa bilan birgalikda sotuvlar mavsumi!

· 5 мин. чтения

img alt

“Qora juma kunlari” davri mobaynida maksimal darajadagi foydali xarid uchun nimalarni bilishingiz zarur? Payme jamoasi o‘z foydalanuvchilari uchun ular xaridlar jarayoniga oldindan tayyorgarlik ko‘rib olishlarini ko‘zlagan holda sotuvlar borasida qiziqarli faktlarni jamladilar.

Savdo mavsumi degani nima o‘zi?

Ilgari savdo jarayon asosan oflayn do‘konlarda va faqat hafta oxirigacha o‘tkazilgan bo‘lsa, endilikda bu an’ana onlayn formatga o‘tdi. Aksariyat hollarda «qora juma» deya ataluvchi savdo bir necha hafta davom etishi mumkin.

Garchi bunday kunlar rasmiy bayram siftida nishonlanmasada, ko‘plab kishilar muvaffaqiyatli xarid qilish uchun do‘konlarga ulgurish maqsadida bu davrda ishdan izn so‘rashadi. Bu vaqtda xaridorlar oqimi birmunchaga ortgani bois, do‘kon xodimlari uchun bunday savdo istisno hisoblanadi. Ko‘pgina do‘konlar o‘sha kuni juda barvaqtdan ochiladi, savdo markazlari esa hatto yarim tundan boshlab ishlay boshlaydi. Va, iloji boricha xaridorlarni ko‘proq jalb qilish maqsadida ilk tashrif buyuruvchilarga sotuvchilar eng ko‘p chegirmalarni taklif qiladilar.

Xalqaro brendlardan qanday qilib xaridni amalga oshirishim mumkin?

Savdoda omadli ishtirok etish uchun, birinchi navbatda, to‘lov usullarini ko‘rib chiqish lozim. Axir hozirgi kungacha ham xalqaro kartaga hammayam ega emas, chunki uni ochish odatda juda ko‘p vaqtni olgani bois mashaqqatlidir.

Biroq, Payme virtual Visa kartasini onlayn, bepul va nol depozit bilan ochish imkonini beradi. Bunday oddiy harakat yordamida esa, siz hattoki butun dunyo bo‘ylab xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lasiz!

Bugungi kunda barcha xorijiy do‘konlar ham buyurtmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekistonga yetkazib bermayapti, shu boisdan vositachi kompaniya xizmatlariga ehtiyoj tug‘iladi. Ana shunday mashhur vositchi kompaniyalardan biri – Globbing hisoblanib, u sizga AQShdan O‘zbekistonning istalgan hududiga juda maqbul narxlarda tovarlarni yetkazib berishda ko‘makchi bo‘la oladi. Globbing barcha Payme Visa sohiblariga 5$ miqdorida nominal tarzda yetkazib berish uchun maxsus promo-kodlarni tarqatadi!

Payme foydalanuvchilari asoan qayerlarda xaridlarni amalga oshiradi?

Aliexpress. “Aliexpress”ni dunyodagi eng yirik onlayn-do‘kon deb atasak, mubolag‘a bo‘lmaydi, chunki ular ma’lum mahsulotlar bilan savdo qiladilar. Hech ikkilanmasdan, “Aliexpress”ni yer yuzidagi eng yirik hajmdagi bozor deb atashimiz mumkin, chunki bu yerda bemalol telefon g‘ilofidan tortib, avtomobilgacha bo‘lgan har qanday mahsulotni topishingiz mumkin.

img alt

Saytda har kuni yuz minglab tranzaksiyalar amalga oshiriladi. Butun dunyodan odamlar tovarlarni xarid qilib olishadi va sotishadi. Aksariyat hollarda yetkazib berish bepul bo‘lgani uchun bu mantiqan juda to‘g‘ridir.

TaoBao- yuz minglab xitoylik ishlab chiqaruvchilar va qayta sotib oluvchilar o‘z mahsulotlari bilan savdoni amalga oshiradigan maxsus ulkan maydondir. Xitoyning eng yirik TaoBao bozoriga buyurtma berishni boshlash uchun siz mazkur saytda ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim, chunki faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilargina ko‘plab do‘konlarning tovarlarini ko‘rishlari mumkin, shuningdek saytning ko‘plab sahifalarni kuzatib borish uchun ham saytga kirib, ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. .

TaoBao – bu Xitoyning ichki sayti bo‘lib, unda na o‘zbek, na rus va na ingliz tillari mavjud. Shuning uchun bu borada sizga albatta tarjimon kerak bo‘ladi.

Google Chrome brauzeridan foydalanish va sahifalarni uning o‘rnatilgan tarjimon dasturi yordamida tarjima qilish esa juda qulaydir.

img alt

iHerb- bu organik mahsulotlarni sotadigan dunyoga mashhur Amerikaning onlayn-do‘konidir. iHerb – do‘koni uyda parvarishlash vositalari, tabiiy kosmetika, vitaminlar va xushbo‘ylantirilgan maxsus moylarni o‘z ichiga qamragan jami 35 000 ta mahsulotni taklif etadi.

img alt Saytning asosiy bestsellerlari – vitaminlar va turli xil biologik faol qo‘shimchalaridir. Qoidaga ko‘ra, baliq yog‘i, Omega-3, multivitaminlar, biotin, spirulina – bularning barchasi va boshqa yana ko‘p narsalar, yaxshi tarkibi va qo‘llanilishining samarali ta’siri bilan ajralib turadi.

Savdo mavsumidan qanday qilib maksimal darajada foyda olish mumkin?

Yaxshigina maqbul chegirma bilan tovarlarni xarid qilib olish uchun siz do‘konlar yoki ularning veb-saytlari va sizni qiziqtirgan tovarlarning narxlari bilan oldindan tanishishingiz zarur. Shundagina siz haqiqatdan ham amalga oshirgan xaridingizdan manfaatli foyda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari siz “Yandex.Market” orqali so‘nggi olti oy ichida turli do‘konlardagi narxlarni taqqoslashingiz va agregatorlardagi o‘zgarishlar dinamikasini kuzatishingiz mumkin bo‘ladi. Umuman olganda, xaridorlar ancha tadbirkor bo‘lib qolishdi – ular oldindan xaridlarni rejalashtirishadi va internetda narxlarni kuzatib borishadi.

Qanday qilib sizni aldashlariga to‘sqinlik qila olasiz?

Mahsulot va narx haqidagi ma’lumotlar to‘liq, ishonchli va aniq ifodalanganligiga amin bo‘lishingiz lozim. Shuni hamisha yodda tutingki, savdogarlar va ular o‘z mahsulotlarini taqdim etadigan bozorlar qoidaga ko‘ra turli xil majburiyat va javobgarlikka ega. Masalan, agar sotuvchi noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa, axborot agregatori buning uchun javobgar emas.

Aksiya bo‘yicha xarid qilingan mahsulotlarni oddiy tarzda boshqasiga almashtirish yoki qaytarish mumkin. Iste’molchi internet orqali buyurtma qilgan mahsulotni qabul qilib olgandan boshlab yetti kun davomida qaytarib berishi mumkin. Istisno tariqasida esa qaytarilishi va almashtirilishi mumkin bo‘lmagan tovarlar ham mavjud shu bois, ehtiyot bo‘ling.

Agar xaridingiz sifatsiz bo‘lib chiqsa, sotuvchidan kamchiliklarni bartaraf etish yoki to‘langan narxning bir qismini qaytarib berishni talab qilish mumkin.

Mukammal darajadagi chegirmaga ega mahsulotlarni topishning yagona yo‘li esa turli saytlardagi mahsulotlar narxini monitoring qilib borishdir. Bu, o‘z vaqtida vaqt va sabr-toqatni talab qiladi.

Savdoda onlayn xarid qilishga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

Siz sarflashga tayyor bo‘lgan byudjet haqida qaror qabul qiling. Shunga qaramay, “qora juma kunilari” uchun ham alohida pul yig‘ib qo‘ying. Shuningdek yaxshisi, kerakli mahsulotlar ro‘yxatini oldindan tuzib qo‘yish zarurdir. Savdo qilish jarayoniga huddi to‘liq narxda sotib olgan kerakli tovarlarni chegirma bilan xarid qilib olish imkoniyatidek munosabatda bo‘ling. Boshqa tomondan olib qaraganda, Yangi yil bayramlari arafasida bunday sovg‘alarni xarid qilib olishni osonlashtirishi mumkin. Ya’ni, yanvar oyida pul tanqisligiga duch kelmaslik va yangi yil bayramlariga munosib hozirlik ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat.

Shuni ham hisobga olish kerakki, savdo hajmining o‘sishi sababli chakana sotuvchilar buyurtmalarni o‘z vaqtida jo‘natishga ulgurmaydi. Bunday hollarda esa yana bir necha kun kutishga tayyor bo‘ling.

Agar hali ham xalqaro kartangiz bo‘lmasa, Payme Visa onlayn xaridlarni amalga oshirish uchun ajoyib yechimdir. Siz uni bepul, to‘liq onlayn va sug‘urta depozitisiz ochishingiz mumkin. Agar xalqaro kartangiz mavjud bo‘lsa, undagi ma’lumotlarning xavfsizligi uchun hamda onlayn xarid qilish uchun Payme Visaga ega bo‘lishni tavsiya qilamiz.

Payme Visani qanday ochish kerak?

Payme Visa Virtual kartasini bir necha oddiy qadamda ochish mumkin:

  • “Visa virtual kartasi” banneriga o’ting yoki “Mening kartalarim” bo’limidagi “+” belgisini bosing va Visa ni tanlang.

  • “Davom etish” tugmasini bosing.
    *Agar hali identifikatsiyadan o’tmagan bo’lsangiz, undan o’tishingiz kerak.

  • Muvoffaqiyatli ochilish haqida push-xabarnomani kuting.

Kartani ochishda uni faollashtirish, raqam va CVV kodini olish uchun hisobni 15 000 so’mga to’ldirish kerak. Bu summa kelgusida erkin ishlatilishi mumkin: u quyidagi. Bloklanmaudi va xaridlar uchun mavjud bo’lib qoladi.