Visa kartasidan pul o‘tkazish uchun undiriladigan komissiya yuzasidan payme’ning rasmiy izohi
· O‘qish vaqti: 1 daqiqa

Platforma.uz Telegram kanalida foydalanuvchining Visa kartasidan pul o‘tkazish uchun undirilgan komissiya haqidagi murojaati e’lon qilindi.
payme jamoasi murojaat muallifi bilan bog‘lanib, komissiyani hisoblash tartibini tushuntirdi va ofertaning tegishli bandiga havola taqdim etdi. Komissiya servisning amaldagi shartlariga muvofiq hisoblangan. Masala foydalanuvchi bilan individual tartibda hal etildi.
payme uchun servis shartlari foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi muhim. Foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari servisni yanada yaxshilashga yordam beradi.