Перейти к основному содержимому

payme ommaviy ofertasiga rejalashtirilgan o‘zgartirishlar kiritildi

· O‘qish vaqti: 1 daqiqa

img alt

payme jamoasi ilovadan foydalanish har doim qulay, xavfsiz va ishonchli bo‘lishi uchun doimiy ravishda ishlaydi. Shu sababli ommaviy ofertaga xizmatdan foydalanish shartlarini yanada tushunarli va shaffof qiladigan rejalashtirilgan o‘zgartirishlar kiritildi.

Yangilanishlardan biri texnik nosozliklar yuzaga kelgan holatlarda to‘lovlarni qayta ishlash tartibiga taalluqlidir. Ommaviy ofertaga texnik xatolik sababli to‘lov birinchi urinishda yakunlanmagan taqdirda qanday tartib qo‘llanilishi haqida qo‘shimcha tushuntirishlar kiritildi. Jumladan, foydalanuvchining to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha topshirig‘i o‘z kuchini saqlab qolishi va nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng operatsiya yakunlanishi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, ommaviy ofertada tizim xavfsizlikka oid ehtimoliy tahdid belgilarini aniqlagan taqdirda, payme ayrim operatsiyalarni vaqtincha cheklashi mumkin bo‘lgan holatlar ham bayon etildi. Bunday choralar foydalanuvchilar va ularning mablag‘larini qo‘shimcha himoya qilishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, keshbek hisoblash shartlari ham yangilandi. payme’ning o‘z servislarida amalga oshirilgan to‘lovlar uchun ayrim to‘lov turlari bo‘yicha 1% va undan yuqori miqdorda keshbek taqdim etiladi. Uchinchi tomon servislaridagi to‘lovlar uchun esa keshbek miqdori 0% va undan yuqori bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda ham, to‘lovni tasdiqlashdan oldin foydalanuvchi ilovada ushbu operatsiya bo‘yicha keshbek hisoblanishi yoki hisoblanmasligi hamda uning miqdorini ko‘radi.