Перейти к основному содержимому

Payme aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi

· 1 мин. чтения

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.11.2023 yildagi “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste'molchilarining huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va raqamli texnologiyalar orqali sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-381-son Qarori talablarini bajarish maqsadida, “INSPIRED” MChJ XK yagona ishtirokchisining 2024-yil 25-martdagi qarori bilan mas'uliyati cheklangan jamiyatni aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tuzish amalga oshirilmoqda.

Mazkur qaror yuqorida keltirilgan Qaror talablarini ijro etish maqsadida qabul qilingan bo‘lib, ushbu qayta tuzish natijasida jamiyatning kreditorlariga iqtisodiy zarar yetkazilmaydi.