Перейти к основному содержимому

Payme’dan “Yoki-yoki” oʻyini: cheksiz bahs-munozaralar va millionlab soʻmlik mukofotlar

· 2 мин. чтения

img alt

“Yoki-Yoki” nima oʻzi?

“Yoki-Yoki” — bu shunchaki Payme ilovasidagi oʻyin emas. Bu yerda har bir oʻzbekistonlikka yaxshi tanish boʻlgan bahsli mavzularga yechim izlanadi.

Ishtirokchilar har hafta oʻzaro bellashadi va 10 000 000 soʻm hamda boshqa pul mukofotlarini yutib olish imkoniga ega boʻladi.

Qanday ishtirok etiladi?

  • Payme ilovasining bosh ekranida joylashgan “Yoki-Yoki” nomli bannerni bosing. Sizga ushbu haftada ovoz berishga chiqarilgan mavzu taqdim etiladi;
  • Ikki tomondan biriga ovoz bering. Siz ovoz bergan taraf sizning jamoangiz boʻladi;
  • Jamoangizga koʻproq ochko olishga yordam berish va pul sovrinlari uchun kurashish uchun “Oʻynash” tugmasini bosing.

Qanday oʻynaladi?

Ishtirokchi bir platformadan boshqasiga sakraydi. Qancha koʻp masofa bosib oʻtilsa, natija shuncha yuqori boʻladi. Ishtirokchi platformaga tegmay xato ketsa, u yiqilib tushadi va oʻyin shu bilan tugaydi.

Oʻyinchiga har 24 soatda 3 marta bepul imkoniyat beriladi. Shuningdek, “Payme People” dasturida toʻplangan ballar yordamida qoʻshimcha urinishlarga ham ega boʻlish mumkin.

Qoʻshimcha urinishlar qanday olinadi?

Payme ilovasida amalga oshirilgan toʻlov va oʻtkazmalar uchun foydalanuvchilarga avtomatik tarzda ballar beriladi. Bu “Payme People” dasturi deyiladi.

Uchta imkoniyat bilan cheklanib qolmaslik uchun “Payme People” doirasida toʻplangan ballar evaziga qoʻshimcha urinishlar sotib oling va oʻz qarashlaringizni himoya qilib, pul sovrinlari uchun kurashing.

Pulga qanday ega chiqish mumkin?

Qaysi liga boʻlishidan qatʻi nazar, 5 ta yetakchi ishtirokchi reytingi tuziladi. Hafta ichida eng koʻp ball toʻplagan qatnashchi 10 000 000 soʻmga ega boʻladi. 2–5-oʻrin egalari 1 000 000 soʻmdan qoʻlga kiritadi.

Ochkolar har bir urinishdan keyin jamlanadi. Ballar qancha koʻp boʻlsa, reytingdagi oʻrin shuncha yuqori boʻladi. Yangi hafta boshlanishi bilan ochkolar noʻllashtiriladi.

“Yoki-Yoki” oʻyiniga hoziroq qoʻshiling. Oʻz qarashlaringizni himoya qilish va pul sovriniga ega chiqish imkonini qoʻldan boy bermang.

Shartlar bilan bu yerda batafsil tanishib chiqish mumkin.

Sizga omad tilaymiz