Перейти к основному содержимому

payme plus obunasida TBC Salom kartalaridan komissiyasiz va cheksiz pul o'tkazmalari yo‘lga qo‘yildi

· O‘qish vaqti: 1 daqiqa

img alt

payme kundalik to‘lovlar, pul o‘tkazmalari va moliyaviy xizmatlardan foydalanishni yanada qulay qilishda davom etmoqda. Bu safar yangilanishlar payme plus obunasi hamda foydalanuvchilar va biznes uchun tariflarga taalluqli bo‘ldi.

Endi payme plus obunasi TBC Salom kartalaridan O‘zbekistonning aksariyat bank kartalariga bepul va cheksiz pul o‘tkazmalarini ham o‘z ichiga oladi. Bu esa karta egalariga komissiya xarajatlarisiz pul o‘tkazish va karta imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.

Shuningdek, payme ilovasida TBC Osmon Humo kartalaridan pul o‘tkazmalari tariflari ham yangilandi. Endilikda ular TBC Osmon Mastercard kartalaridan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari bilan bir xil shartlarda ishlaydi.

Yangilanishlar tadbirkorlar uchun ham amal qiladi — payme'da merchantlar uchun tariflar ham yangilandi. Foydalanuvchilar va biznes uchun amaldagi tariflar bilan havola orqali tanishish mumkin.

payme bundan buyon ham xizmatlarini rivojlantirib, kundalik moliyaviy amallarni foydalanuvchilar va tadbirkorlar uchun yanada sodda, qulay va manfaatli qilishda davom etadi.