Перейти к основному содержимому

payme card va payme goals: mablag‘ yechib olish muddatini uzaytirdik

· O‘qish vaqti: 1 daqiqa

img alt

payme card yoki payme goals hamyoningizdan mablag‘ingizni 2025-yil 29-dekabr kunining oxirigacha yechib olishingiz mumkin. Endi bu uchun sizda yetarlicha vaqt bor. Elektron hamyonlardan pullaringizni oldinroq o‘tkazishni tavsiya qilamiz.

Belgilangan sanadan keyin hamyonlarda qoladigan pullarni olish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni e’lon qilamiz.

Shuni ham eslatib o‘tamiz: payme card hamyonlarini va payme goals jamg‘armalarini ochish yoki ularga mablag‘ qo‘shish imkoniyati qayta yo‘lga qo‘yilmaydi.