Перейти к основному содержимому

Payme WinWin: Do'stlaringiz bilan ishtirok eting va imkoniyatlaringizni oshiring. Ishtirokchilar qancha ko'p bo'lsa, g'olib bo'lish imkoni shuncha yuqori!

· 2 мин. чтения

img alt

Do'stingiz bilan ishtirok eting va har biringiz uchun 10 000 000 so'mdan yutib oling! Payme orqali pul o'tkazing, do'stingiz ham Payme'da o'tkazma amalga oshirsin, boshqalarga ham Payme ilovasida ro'yxatdan o'tishga yordam bering.

Payme WinWin - Payme'dan pul sovrinlari o'yini. Ishtirok etish uchun 100 000 so'mdan boshlab pul o'tkazish yoki o'tkazma qabul qilish kerak. Shuningdek, o'tkazmaga tabriknoma biriktirilgan bo'lishi shart. Oluvchi o'tkazmani Payme'da qabul qilgan zahoti siz o'yin qatnashchisiga aylanganingiz haqida tabriknoma olasiz.

MUHIM ESLATMA!

Payme Card elektron hamyonini ochishni va unda identifikatsiyadan o'tishni unutmang. Sovriningiz aynan ushbu kartaga kelib tushadi.

Oddiy misol yordamida tushuntirib o'tamiz

Deylik, Siz do'stingizga Payme orqali pul yubordingiz (100 ming so'mdan boshlab) va o'tkazmangizga ilovada tabriknomani biriktirdingiz. Do'stingiz telefonida siz jo'natgan tabriknomani ochadi va uning ortida nima borligini (shu zahoti beriladigan yutuq yoki bosh sovrinlardan birini yutib olish imkoniyati) ko'radi.

Agar siz va do'stingizga shu zahoti beriladigan yutuq chiqsa, sizga bu haqda xabarnoma keladi va pul mukofoti Payme Card hamyoningizga o'tkaziladi.

Yoki sizga asosiy o'yin ishtirokchisiga aylanganingiz va 10 000 000 so'm yutib olib olish imkoniga ega bo'lganingiz haqida xabar beriladi.

Siz tabriknoma jo'natuvchi sifatida ham, uni oluvchi sifatida ham ishtirok etishingiz mumkin!

Ushbu haftada o'ynaladigan sovrinlar

Sovrinlar jadvali havolada Payme'ning Instagram’dagi rasmiy sahifasida har seshanba soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan jonli efirlarni o‘tkazib yubormang. Aynan o'sha yerda 10 000 000 so'mlik bosh sovrinlar g'oliblari e'lon qilinadi!

Quyidagilarni yodda tuting

  • Tabriknoma biriktirilgan o'tkazmalar Payme ilovasi orqali amalga oshirilishi kerak.
  • O‘yinda tiraj o‘tkazilayotgan vaqtda tabriknoma bilan jo‘natilgan 100 000 so‘m va undan ortiq summadagi pul o‘tkazmalari ishtirok etadi.
  • Pul o'tkazmasini oluvchi mijoz tabriknomasini keyingi haftagacha
  • Yutuq va chiptalar keyingi haftagacha, faqat o'yin o'tkazilishi davrida amal qiladi.
  • Agar yutuq miqdori limitdan yuqori bo'lsa, foydalanuvchilar aniqlanmagan bo'lsa, yoki ularda Payme Card elektron hamyoni bo'lmasa, yutuq avtomatik ravishda g'olibga o'tkazib berilmaydi.
  • Darhol taqdim etiladigan sovrinlar Payme ilovasida bir lahzali yutuqqa ega bo'lingani haqida Push bildirishnoma va "Siz g'olib bo'ldingiz" maxsus tabriknomasi olingan vaqtdan boshlab uch ish kuni davomida elektron hamyonga o'tkazib beriladi.
  • Sovrinli o'yin 2023-yilning 14-avgustidan boshlanadi.

O'yin haqida batafsil ma'lumot olishni xohlasangiz, 1350 raqami orqali murojaat qiling.

Batafsil shartlar bilan havolada tanishishingiz mumkin.

Sizga omad tilaymiz!