7-maydan payme card ishlatishda cheklovlar paydo bo'ladi
· O‘qish vaqti: 1 daqiqa
E CARD tizimida elektron pullarni chiqarishni to‘xtatish va payme card (elektron hamyon) ni yopish to‘g‘risida xabarnoma
Hurmatli mijozlar,
2025-yil 7-maydan boshlab elektron pullar chiqarilishi to‘xtatiladi. Shu munosabat bilan payme card (elektron hamyon) hamyonlarini ochish va to‘ldirish to‘xtatiladi.
payme card hamyonidan pul mablag‘larini bank kartalariga yechib olish funksiyasi 2025-yil 30-avgust kunining oxirigacha mavjud bo‘ladi. Iltimos, elektron hamyonlardan mablag‘larni oldindan yechib oling.
2025-yil 30-avgust kuni kun oxirigacha elektron hamyonlarda saqlanayotgan va talab qilib olinmagan pul mablag‘larini olish bo‘yicha alohida bog‘lanish amalga oshiriladi.