Перейти к основному содержимому

payme plus obunasi

· O‘qish vaqti: 6 daqiqa

img alt

Bu qanday xizmat?

Payme plus (keyingi oʻrinlarda “Mahsulot” deb yuritiladi) – Mahsulotni sotib olgan foydalanuvchilar uchun toʻplam shaklida taqdim etiladigan hamda (1) Kirim-chiqim; (2) “Asosiy”; (3) “Hammasi ichida” nomli uch turdagi obuna boʻyicha tuzilgan axborot va moliyaviy xizmatlar toʻplami (keyingi oʻrinlarda “Xizmatlar” deb yuritiladi), mualliflik huquqiga ega Ijrochisi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Batafsil shartlar bilan havolada tanishishingiz mumkin.

5 mln soʻmgacha komissiyasiz oʻtkazmalar

p2p xizmati – axborot texnologiyalari yechimlari toʻplami boʻlib, Foydalanuvchilarga “payme” ilovasi yordamida milliy valyutadagi mablag‘larni bir bank kartasidan boshqasiga onlayn o‘tkazish imkonini beradi. Komissiyasiz p2p o‘tkazmalarni amalga oshirish shartlari:

  • har bir p2p o‘tkazma amalga oshirilganda limit qoldig‘i summasi kamayadi (masalan: agar Foydalanuvchi 300 000 so‘m miqdorida p2p o‘tkazma amalga oshirgan bo‘lsa, Foydalanuvchi komissiya olmasdan o‘tkazishi mumkin bo‘lgan limit summasining qoldig‘i quyidagicha bo‘ladi: 4 700 000 so‘m va h.k. limitning umumiy summasidan to‘liq foydalanish vaqtigacha);

  • foydalanuvchining p2p o‘tkazmasi komissiya olmasdan amalga oshirilishi uchun Foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan p2p o‘tkazma summasi limit summasining qoldig‘idan oshmasligi kerak (agar limit summasining qoldig‘i 4 700 000 so‘mni tashkil etsa va Foydalanuvchi 4 700 000 so‘mdan ortiq summaga p2p o‘tkazmasini amalga oshirgan bo‘lsa, ushbu o‘tkazmadan komissiya umumiy asoslarda undiriladi).

Quyidagi tranzaksiya turlari uchun 0% komissiya qo‘llanilmaydi:

  • Uzcard/Humodan boshqa to‘lov tizimlarining kartalari bilan p2p o‘tkazmalar amalga oshirilganda

TBC Salom kartasi bilan komissiyasiz cheksiz o‘tkazmalar

“TBC Bank” ATB tomonidan chiqarilgan TBC Salom debet kartasidan p2p o‘tkazmalari amalga oshirilganda komissiya 0% ni tashkil etadi.

Ma'lumotingiz uchun

payme’da pul o‘tkazmalari uchun tariflar haqida batafsil ma’lumotni saytda o‘qishingiz mumkin.

Kirim-chiqim

Kirim-chiqim – axborot texnologiyalari yechimlari toʻplami boʻlib, mualliflik huquqiga ega Ijrochi uning ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va ular orqali Foydalanuvchi bank kartasidan foydalangan holda amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalar toʻgʻrisida ma’lumot olishi, chiqim/kirim statistikasini koʻrishi, karta yoʻqolganda kartani bloklashi, shuningdek, Xizmat funksiyalarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin.

Keyinroq toʻlov

"Keyinroq to‘lov" servisi - "TBC BNPL" MCHJ (bundan keyin - "Jamiyat") servisi. U Foydalanuvchiga Ilovada sotiladigan tovar va (yoki) xizmatni Ofertada. U Foydalanuvchiga Ilovada sotiladigan tovar va (yoki) xizmatni Ofertada ko‘rsatilgan shartlar asosida sotib olishni Jamiyatga topshirish, xarajatlarni qoplash va haq to‘lash imkonini beradi.) ko‘rsatilgan shartlar asosida sotib olishni Jamiyatga topshirish, xarajatlarni qoplash va haq to‘lash imkonini beradi.

Yandex Plus obunasi

Yandex Plus obunasi — bu Foydalanuvchiga "Internet" tarmog'i orqali Kontentga, shu jumladan audio va audiovizual asarlarga, masofadan kirish imkoniyatini berish. Uning tavsifi O'zbekiston Respublikasi uchun mo'ljallangan https://yandex.ru/legal/yandex_plus_conditions/ sahifasidagi bo'limda berilgan. Obuna ushbu servisni o'z ichiga olgan Mahsulot toifasini faollashtirish uchun Foydalanuvchining bank kartasidan mablag' yechilgan kundan boshlab bir kalendar oy davomida amal qiladi.

Setanta Sports obunasi

Setanta sport xizmati – xizmat Foydalanuvchiga https://app.setantasports.com/home manzilida joylashgan va Foydalanuvchidan Mahsulot toifasini, shu jumladan ushbu Xizmatni ulash uchun mablagʻlarni yechib olgan kundan boshlab 30 (oʻttiz) kun davomida Setanta Sports audiovizual raqamli kontent platformasiga kirishni ta’minlaydi.

Mahsulot foydalanuvchilari uchun sodiqlik dasturi

Keshbek hisobraqami — Keshbek hisoblanadigan maxsus hisob raqami bo‘lib, u Foydalanuvchiga hisoblangan Keshbekdan Ilovadan foydalanish shartlariga muvofiq Hamkorlarning tovarlari, ishlari va (yoki) xizmatlari, shuningdek, Ilovada mavjud bo‘lgan boshqa xizmatlar uchun to‘liq yoki qisman to‘lash huquqini beradi.

Keshbek – Ijrochining Ilovasi orqali ma’lum Hamkorlar tomonidan taqdim etilgan tovarlar, ishlar va (yoki) xizmatlar, shuningdek boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar evaziga Sodiqlik dasturi doirasida Foydalanuvchining Keshbek hisobraqamiga hisoblanadigan shartli hisob-kitob birliklari.

Sodiqlik dasturi - Ijrochi tomonidan amalga oshiriladigan dastur bo‘lib, uning doirasida Foydalanuvchiga Ilova orqali muayyan Hamkorlarning tovarlari, ishlari va (yoki) xizmatlari uchun to‘lov evaziga hisoblangan Keshbekdan ushbu dastur shartlarida belgilangan tartibda foydalanish imkoniyati beriladi.

1. Foydalanuvchilarning faolligini rag‘batlantirish, ilova orqali raqamli to‘lovlardan foydalanish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishga undash maqsadida Ijrochi "Hammasi ichida" Mahsulot toifasidagi Foydalanuvchilar uchun sodiqlik dasturini amalga oshiradi. Ushbu dastur doirasida Ijrochi o‘z ixtiyoriga ko‘ra va Foydalanuvchilarning faolligi, to‘lovlar tez-tez takrorlanishi va hajmi, shuningdek, ularning shaxsiy manfaatlari va Hamkorlarning tovar, ish va xizmatlaridan foydalanishdagi istaklariga qarab, Foydalanuvchilarga Ilovadagi muayyan to‘lovlarni amalga oshirganlik uchun Keshbek taqdim etishi mumkin.

2. Keshbek ilova interfeysida tegishli tovar, ish va (yoki) xizmat uchun to‘lov evaziga Keshbek hisoblanishi ko‘rsatilgan taqdirda hisoblanadi.

3. Dasturning texnik jihatdan tatbiq etilishi “Hammasi ichida” Mahsulot toifasi foydalanuvchilariga ushbu toifa faollashtirilgan sanagacha hisoblangan Keshbekdan foydalanish imkoniyatini taqdim etishi mumkin. Bunda Keshbekdan faqatgina Foydalanuvchida “Hammasi ichida” Mahsulot toifasi faol bo‘lgan holdagina foydalanishga imkoniyat beriladi.

4. «Hammasi ichida» Mahsulot toifasi faollashtirilgunga qadar ham, faollashtirilganidan keyin ham Foydalanuvchiga hisoblanadigan Keshbekning maksimal miqdori quyidagi limitlar bilan cheklanishi mumkin:

  • «Hammasi ichida» Mahsulot toifasi faollashtirilgunga qadar Foydalanuvchilar uchun limit — ko‘rsatilgan toifa faollashtirilgunicha Foydalanuvchiga hisoblanadigan Keshbekning cheklangan miqdori. Bunda bunday Keshbekdan faqat «Hammasi ichida» Mahsulot toifasi faollashtirilganidan so‘ng foydalanishga imkoniyat beriladi;

  • «Hammasi ichida» Mahsulot toifasini faollashtirgan Foydalanuvchilar uchun limit — bir oy davomida Foydalanuvchiga hisoblanadigan Keshbekning cheklangan miqdori, shuningdek, Foydalanuvchining Keshbek-hisobraqamida bo‘lishi mumkin bo‘lgan Keshbekning maksimal miqdori. Tegishli limitga erishilgan taqdirda, Keshbekni hisoblash Foydalanuvchi tomonidan undan foydalanish natijasida ilgari hisoblangan Keshbek kamaygunga qadar to‘xtatiladi. Keshbek belgilangan limit doirasida ishlatilgandan so‘ng, bunday limit ishlatilgan Keshbek summasiga tiklangan deb hisoblanadi va keyinchalik hisoblash uchun mavjud bo‘ladi.

5. Hisoblangan Keshbekning miqdori va limiti 1-bandda ko‘rsatilgan parametrlarni hisobga olgan holda avtomatik kompyuter hisob-kitoblari orqali aniqlanadi va tegishli to‘lov amalga oshirilishidan oldin Foydalanuvchiga Ilova interfeysida ko‘rsatiladi.

6. Keshbek Foydalanuvchining Keshbek hisobraqamiga Ilova orqali to‘lov operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan keyin 7 (yetti) kalendar kun ichida hisoblanadi. Keshbek hisoblangan to‘lov bekor qilingan yoki qaytarilgan taqdirda, tegishli Keshbek summasi Foydalanuvchining Keshbek hisobraqamidan yechib olinadi.

7. Keshbek faqat Ilovadagi Ijrochi hamkorlarining tovarlari, ishlari va (yoki) xizmatlariga haq to‘lash uchun ishlatilishi mumkin. Keshbekdan boshqa maqsadlarda foydalanishga, shu jumladan Keshbekni pul mablag‘lari ko‘rinishida Foydalanuvchining bank hisobraqamiga yoki jismoniy kartasiga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

8. Tovarlar, ishlar va (yoki) xizmatlar uchun ilgari hisoblangan Keshbekdan foydalangan holda to‘lov qilinganda, ushbu to‘lov bo‘yicha yangi Keshbek hisoblanmaydi. Keshbekdan foydalangan holda amalga oshirilgan to‘lovlar bekor qilinmaydi va amalga oshirilgan to‘lov Keshbek hisobiga qaytarilmaydi.

9. Foydalanuvchi tomonidan firibgarlik yoki Dastur shartlarini, shuningdek Ilovaning funksional yoxud texnik imkoniyatlarini suiiste’mol qilish alomatlari aniqlangan taqdirda, Ijrochi quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:

a. Tegishli operatsiyalar bo‘yicha Keshbek hisoblamaslik.

b. Avval hisoblangan Keshbekni bekor qilish.

c. Hisoblangan Keshbek ishlatilgan hollarda, tegishli summani Keshbekning manfiy (minus) balansi sifatida aks ettirish va keyinchalik barcha bo‘lajak Keshbek hisoblanmalarini musbat balansga erishilguniga qadar mazkur qarzni so‘ndirishga yo‘naltirish.

10. Keshbekning amal qilish muddati u hisoblangan kundan boshlab 1 (bir) yilni tashkil etadi. Ko‘rsatilgan muddat tugagach, foydalanilmagan Keshbek o‘z kuchini yo‘qotadi. Agar ketma-ket 3 (uch) oy davomida Foydalanuvchi Ilovaga kirmasa, shuningdek to‘lovlarni, bank kartalariga o‘tkazmalarni yoki boshqa to‘lov operatsiyalarini amalga oshirmasa, ilgari hisoblangan barcha Keshbek o‘z kuchini yo‘qotadi.

Payme Plus aksiyasi

2025-yil 1-noyabrdan 2026-yil 31-dekabrgacha "Payme Plus" obunasida "Hammasi ichida" tarifining maxsus aksiya narxi 39 990 (ottiz to‘qqiz ming to‘qqiz yuz to‘qson) so‘m belgilanadi.