Payme ilovasida pul oʻtkazmasi bilan tabriknomalarni qanday yuborish mumkin?

Tasavvur qiling-a, pulni kartaga chiroyli tabriknoma bilan birga yuborish mumkin, bu voqea qahramoniga yorqin his-tuyg’ularni baxsh etadi. Yoki, qanday qilib juftingizga manikyur saloniga borishi uchun oddiygina o’tkazma bilan emas, balki kulgili tabriknoma bilan pul yuborishingiz mumkin. Yoki, hech qanday sababsiz, onangizni xursand qilishni va unga ta’sirchan rasm bilan birga «mazali shirinlik» uchun pul yuborishni istaysiz.
Bularning barchasi Payme ilovasida haqiqatga aylanib ulgurgan.

Ilovaning asosiy ekranida banner yoki pul o’tkazmasini amalga oshirayotganda «Tabriknoma qo’shish» tugmasini bosing.

Aniq birini tanlash uchun toifalarni ko’rishingiz yoki «Hammasi» tugmasini bosish orqali barcha tabriknomalarni ko’rishingiz mumkin.

Tabriknomani tanlang

Tabriknomani tanlaganingizdan so’ng, siz xohlagan tilni tanlashingiz va ixtiyoriy ravishda matn qo’shishingiz mumkin

Qabul qiluvchiga karta qanday ko’rinishini ko’rish uchun «Ko’rib chiqish» tugmasini bosing

Ro’yxatdan qabul qiluvchini tanlang yoki karta raqamini kiriting

O’tkazish uchun kerakli miqdorni kiriting

Va pul o’tkazing 🙂
Bu xususiyat ilovaning so‘nggi yangilanishida mavjud. Pochta kartasi qabul qiluvchiga faqat yangilangandan keyin ko’rinadi.