Pul o‘tkazmalari uchun 0% komissiya!
2024-yil 14-oktyabrdan boshlab sizda maxsus taklifimizdan foydalanish imkoniyati mavjud! Aksiya davomida ro‘yxatdan o‘tgan va identifikatsiyani yakunlagan barcha yangi mijozlar Uzcard va Humo kartalari orasida1 million so‘mgacha pul o‘tkazmalari uchun 0% komissiyalardan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Bu qanday ishlaydi?
1. Kimlar ishtirok etishi mumkin?
- 2024-yil 14-oktyabrdan 30-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘tib, shu davrda identifikatsiyani yakunlagan yangi mijozlar.
2. Siz nimaga ega bo‘lasiz?
- Muvaffaqiyatli identifikatsiyadan so‘ng, siz uchun 30 kun avomida pul o‘tkazmalariga 0% komissiya taklifi faollashtiriladi.
- Siz 1 million so‘mgacha pulni komissiyasiz o‘tkazishingiz mumkin
Foydalanish uchun misollar:
- Vaziyat 1. Siz 15-oktyabrda ro‘yxatdan o‘tdingiz va 18-oktyabrda identifikatsiyani tugatdingiz. Taklifni faollashtirasiz va 18-oktyabrdan 16-noyabrgacha pul o‘tkazmalariga 0% komissiyaga ega bo‘lasiz.
- Vaziyat 2. Agar 15-oktyabrda ro‘yxatdan o‘tgan va 17-noyabrda identifikatsiyani tugatgan bo‘lsangiz, aksiya tugaganligi sababli taklifdan foydalana olmaysiz.
Muhim ma’lumot:
- Agar ro‘yxatdan o‘tishda ishlatilgan telefon raqami yoki JSHSHIR ilgari payme mijoziga tegishli bo‘lgan bo‘lsa, taklifdan foydalanib bo‘lmaydi.
- 30 kunlik bepul pul o‘tkazmalari muddati tugagandan so‘ng, komissiya standart 1% stavkasiga qaytadi.
- Agar mijoz 1 million so‘mlik bepul o‘tkazmalar limitini ishlatib bo‘lgan bo‘lsa, keyingi barcha o‘tkazmalardan 1% miqdorida komissiya olinadi.
- Agar o‘tkazma summasi limitdan oshib ketsa, 1% komissiya to‘liq summadan undiriladi, biroq bepul o‘tkazmalar limiti kamaytirilmaydi.
Misol: Mijozning limiti 1 million so‘m bo‘lsa va u 600 000 so‘m o‘tkazsa, limit qoldig‘i — 400 000 so‘m. Bu summadan ko‘proq o‘tkazmalar uchun 1% komissiya to‘liq summadan olinadi. Komissiya to‘lamaslik uchun qolgan limit doirasidagi summalarni o‘tkazish zarur.
Qolgan limitingizni tekshirib turing!
Pul o‘tkazmasi sahifasini ochganingizda, limitingiz bo‘yicha qolgan komissiyasiz pul o‘tkazmasi miqdorini ko‘rishingiz mumkin. 1 million so‘m limiti tugaganidan so‘ng, keyingi barcha o‘tkazmalar standart komissiyaga ega bo‘ladi.
Ushbu foydali taklifdan foydalanib, pul o‘tkazmalarni payme bilan yanada qulaylashtiring!
Ilovani yuklab olish