“P2P BIG CAMPAIGN” aksiyasini oʻtkazish qoidalari (yangi tahrirda)
1.Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Qoidalar shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Ushbu Qoidalar ishtirok etish shartlari, G‘oliblarni aniqlash va Sovrinni topshirish tartibi, shuningdek, «INSPIRED» MChJ XK tomonidan tashkil etilgan “P2P BIG CAMPAIGN” aksiyasini tashkil etish va o‘tkazishning boshqa muhim shartlarini tavsiflaydi.
1.2. Ishtirokchining ushbu Qoidalarning 3.1-bandida koʻrsatilgan barcha shartlarni bir vaqtning oʻzida bajarishi Aksiyada ishtirok etishga rozilik va ushbu Qoidalarda belgilangan barcha shartlarni soʻzsiz qabul qilishini bildiradi.
1.3. Ushbu Qoidalar «Payme» toʻlov xizmatini ommalashtirishga qaratilgan ragʻbatlantiruvchi tadbir boʻlib, keyinchalik «Aksiya» deb ataluvchi, aksiyani tashkil etish va oʻtkazish tartibini tartibga soladi.
1.4. Aksiya tashkilotchisi «INSPIRED» MChJ XK, («Payme» savdo belgisi egasi), yuridik manzili: Toshkent sh., 100015, Fidokor ko‘chasi 10 B; tel.: 1350, keyinchalik matnda «Tashlkilotchi» deb ataladi.
1.5. Aksiya g‘olibi O‘zbekiston Respublikasining 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan istalgan fuqarosi – jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin, Aksiya Tashkilotchisi xodimlari (Tashkilotchi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar) bundan mustasno.
1.6. Ushbu Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan oʻyin emas hamda Aksiya ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bogʻliq mulkiy tavakkalchiliklarga ega emaslar. Aksiyaning mukofot jamgʻarmasi faqat Tashkilotchi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi.
1.7. Aksiya muddati:
Boshlanish sanasi 2024 yil «4» aprel (00:00 dan). Tugash sanasi 2024 yil «30» iyun (23:59 gacha).
2. Aksiya mukofot jamgʻarmasi
2.1. Aksiyaning mukofot jamgʻarmasi Aksiya tashkilotchisi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi va faqat Aksiya gʻoliblariga Sovrinlarni topshirish uchun foydalaniladi.
2.2. Umumiy mukofot jamgʻarmasi quyidagi sovrinlardan tashkil topgan:
Sovrin nomi | Soni (dona) |
---|---|
Avtomobil BYD HAN FLAGSHIP 715km | 1 |
Apple IPhone 15 Pro 128GB | 6 |
Televizor Samsung UE65CU8500UXUZ | 4 |
Sony PlayStation 5 Slim 2023 1TB | 4 |
Planshet Xiaomi Pad 6 8 GB+128 GB 11" | 6 |
Aqilli dinamik Yandex Station Midi Alica bilan, soati bilan 24 Vt | 10 |
Xiaomi Mi Band 8 Pro aqlli soati | 10 |
2.3. Soliq toʻlovchi - jismoniy shaxsning daromadi hisoblangan yutuqni topshirish bilan bogʻliq barcha soliqlar Tashkilotchi tomonidan toʻlanadi.
2.4. Tashkilotchi Sovrinlar roʻyxatini oʻzgartirish yoki kengaytirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.