“Shaq-Shaq” oʻyinini oʻtkazish qoidalari

1.Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Qoidalar shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Ushbu Qoidalarda ishtirok etish shartlari, G‘oliblarni aniqlash va Sovrinni topshirish tartibi, shuningdek, “PAYME” AJ tomonidan o‘tkaziladigan “PAYME SHAQ-SHAQ” o‘yinini tashkil etish va o‘tkazishning boshqa muhim shartlari tavsiflangan.
1.2. Ishtirokchi tomonidan bir vaqtning o‘zida ushbu Qoidalarning 3.1-bandida ko‘rsatilgan barcha shartlarga rioya etishi o‘yinda ishtirok etishga rozilik va ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha shartlarni so‘zsiz qabul qilish hisoblanadi.
1.3. Ushbu Qoidalar “Payme” toʻlov xizmatini ommalashtirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi tadbir boʻlgan “Payme Shaq-Shaq” o‘yinini (bundan keyin “O‘yin” deb ataladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1.4. O‘yin tashkilotchisi “PAYME” AJ, (“Payme” savdo belgisi egasi), yuridik manzili: Toshkent sh., 100015, Fidokor ko‘chasi, 10 B; tel.: 1350, bundan keyin “Tashkilotchi” deb yuritiladi.
1.5. O‘yin g‘olibi 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan har qanday jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin, O‘yin Tashkilotchisi xodimlari (Tashkilotchi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar) bundan mustasno.
1.6. Ushbu yutuqli o‘yin lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan o‘yin hisoblanmaydi va ishtirokchilar yutuqli o‘yinda qatnashish bilan bog‘liq hech qanday mulkiy xavflarga ega bo‘lmaydilar. Yutuqli o‘yinning sovrin jamg‘armasi faqatgina Tashkilotchining mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.
1.7. O‘yin o‘tkaziladigan sanalar:
Boshlanish sanasi: 2025-yil 04-yanvar (soat 00:00 dan), tugash sanasi: 2026-yil 31-yanvar (soat 23:59 gacha)
2. O‘yinning sovrin jamg‘armasi
2.1. O‘yinning Sovrin jamg‘armasi O‘yin Tashkilotchisi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi va faqat O‘yin G‘oliblariga Sovrinlarni berish uchun foydalaniladi.
2.2. Sovrinlar quyidagi toifalarga bo‘lingan: “Pul mukofoti” va “Super sovrin”.
2.3. Sovrinlar toifasi:
| Sovrinlar | 04.01.2025-yildan 30.11.2025-yilgacha o‘ynaladigan sovrinlar soni* | O‘yin amal qilish muddati 01.12.2025 yildan 31.12.2025 yilgacha uzaytirilganda o‘ynatiladigan sovrinlar soni | 04.01.2025-yildan 31.12.2025-yilgacha O‘yin davomida o‘ynaladigan sovrinlarning umumiy soni |
|---|---|---|---|
| Pul mukofoti | Soni | Soni | Soni |
| 10 000 сум | 3 120 | 300 | 3 420 |
| 20 000 сум | 3 120 | 300 | 3 420 |
| 30 000 сум | 3 120 | 300 | 3 420 |
| 40 000 сум | 2 080 | 200 | 2 280 |
| 50 000 сум | 1 820 | 175 | 1 995 |
| 100 000 сум | 1 560 | 150 | 1 710 |
| Super sovrin | Soni | Soni | Soni |
| iPhone 16 Pro | 31 | 31 | |
| iPhone 17 256GB | 5 | 5 | |
| iPhone Air 11 | 18 | 18 | |
| Apple Watch 10 | 23 | 23 | |
| Korzinka Vaucher 100 000 so'm | 135 | 135 | |
| Korzinka Vaucher 200 000 so'm | 45 | 45 |
2.4. Soliq kodeksining 369-moddasi ikkinchi qismining 14-bandiga ko‘ra, ushbu O‘yin doirasida g‘olib bo‘lgan jismoniy shaxslar foydasiga Tashkilotchi tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar (sovrin topshirish) soliq to‘lovchining daromadi sifatida hisobga olinmaydi.
2.5. Tashkilotchi Sovrinlar ro‘yxatini o‘zgartirish yoki kengaytirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
2.6. O‘yin o‘tkazilgan butun davr mobaynida, ayni bir shaxs faqat bir marta “Super sovrin” toifasidagi sovrin g‘olibi deb e’tirof etilishi mumkin.
3. O‘yinda ishtirok etish shartlari:
3.1. O‘yin ishtirokchisi (keyingi o‘rinlarda “Ishtirokchi” deb yuritiladi) bo‘lish istagini bildirgan shaxs quyidagi barcha shartlarni bajarishi va ularga rioya qilishi kerak:
3.1.1. “Payme” to‘lov xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan Foydalanuvchi bo‘lishi kerak.
3.1.2. O‘yinda qatnashish uchun Ishtirokchilar haftaning bitta missiyasini bajarishlari kerak. Har bir o‘yin ishtirokchisiga quyidagi xatti-harakatlarni bajarilishidan iborat individual missiya beriladi:
| “Shaq-Shaq” bo‘limiga kirish |
| Telefonni silkitish |
3.1.3. Missiyalar ushbu Qoidalarning 3.2-bandida ko‘rsatilgan sanalarda Toshkent vaqti bilan soat 18:00 dan 21:00 gacha bajarilishi kerak. “Telefonni silkitish” missiya xatti-harakatlarini bajarish uchun Ishtirokchining qurilmasidagi giroskopga kirishga ruxsat berib, 10 soniya davomida telefonni silkitish kerak. “Telefonni silkitish” harakatlarini bajargandan so‘ng, Ishtirokchi interfeys ekranidagi bo‘limda sandiq tasvirini ko‘radi, uning pastki qismida sovrin nomi ko‘rsatiladi. Muayyan Ishtirokchiga berilgan sovrinlar tasodifiy generatsiya (tasodifiy tarzda) orqali aniqlanadi va aniqlangandan so‘ng “Shaq-Shaq” bo‘limidagi telefon ekranida ko‘rsatiladi. Ushbu Qoidalarning 3.2-bandida ko‘rsatilgan sanalarning har birida o‘ynaladigan bitta Ishtirokchi uchun maksimal sovrinlar soni, Ishtirokchi tomonidan bajarilgan “Telefonni silkitish” harakatlari sonidan qat’i nazar, 6 (olti) ta sovrinni tashkil etadi.
3.2.2. Harakatlarni bajarish va Ishtirokchilar uchun sovrinlarni aniqlash sanalari (jonli efirlarsiz):
| O‘yin raqami | Sana |
|---|---|
| 1-o‘yin | 04/01/2025 |
| 2-o‘yin | 11/01/2025 |
| 3-o‘yin | 18/01/2025 |
| 4-o‘yin | 25/01/2025 |
| 5-o‘yin | 01/02/2025 |
| 6-o‘yin | 08/02/2025 |
| 7-o‘yin | 15/02/2025 |
| 8-o‘yin | 22/02/2025 |
| 9-o‘yin | 01/03/2025 |
| 10-o‘yin | 08/03/2025 |
| 11-o‘yin | 15/03/2025 |
| 12-o‘yin | 22/03/2025 |
| 13-o‘yin | 29/03/2025 |
| 14-o‘yin | 05/04/2025 |
| 15-o‘yin | 12/04/2025 |
| 16-o‘yin | 19/03/2025 |
| 17-o‘yin | 26/04/2025 |
| 18-o‘yin | 03/05/2025 |
| 19-o‘yin | 10/05/2025 |
| 20-o‘yin | 17/03/2025 |
| 21-o‘yin | 24/05/2025 |
| 22-o‘yin | 31/05/2025 |
| 23-o‘yin | 07/06/2025 |
| 24-o‘yin | 14/06/2025 |
| 25-o‘yin | 21/06/2025 |
| 26-o‘yin | 28/06/2025 |
| 27-o‘yin | 05/07/2025 |
| 28-o‘yin | 12/07/2025 |
| 29-o‘yin | 19/07/2025 |
| 30-o‘yin | 26/07/2025 |
| 31-o‘yin | 02/08/2025 |
| 32-o‘yin | 09/08/2025 |
| 33-o‘yin | 16/08/2025 |
| 34-o‘yin | 23/08/2025 |
| 35-o‘yin | 30/08/2025 |
| 36-o‘yin | 06/09/2025 |
| 37-o‘yin | 13/09/2025 |
| 38-o‘yin | 20/09/2025 |
| 39-o‘yin | 27/09/2025 |
| 40-o‘yin | 04/10/2025 |
| 41-o‘yin | 11/10/2025 |
| 42-o‘yin | 18/10/2025 |
| 43-o‘yin | 25/10/2025 |
| 44-o‘yin | 01/11/2025 |
| 45-o‘yin | 08/11/2025 |
| 46-o‘yin | 15/11/2025 |
| 47-o‘yin | 18/11/2025 |
| 48-o‘yin | 20/11/2025 |
| 49-o‘yin | 22/11/2025 |
| 50-o‘yin | 25/11/2025 |
| 51-o‘yin | 27/11/2025 |
| 52-o‘yin | 29/11/2025 |
| 53-o‘yin | 03/12/2025 |
| 54-o‘yin | 06/12/2025 |
| 55-o‘yin | 10/12/2025 |
| 56-o‘yin | 13/12/2025 |
| 57-o‘yin | 17/12/2025 |
| 58-o‘yin | 20/12/2025 |
| 59-o‘yin | 24/12/2025 |
| 60-o‘yin | 27/12/2025 |
| 61-o‘yin | 31/12/2025 |
| 62-o‘yin | 03/01/2026 |
| 63-o‘yin | 10/01/2026 |
| 64-o‘yin | 17/01/2026 |
| 65-o‘yin | 24/01/2026 |
| 66-o‘yin | 31/01/2026 |
4. O‘yin g‘oliblarini aniqlash tartibi:
4.1. Sovrinlar tasodifiy generatsiya (tasodifiy tarzda) orqali o‘ynaladi. Sovrin Ishtirokchi uchun ushbu Qoidalarning 3.1-bandida ko‘rsatilgan missiya harakatlari bajarilgandan so‘ng darhol o‘ynaladi (aniqlanadi).
4.2. Tasodifiy sovrin generatsiyasi o‘tkazilgandan so‘ng, Ishtirokchi “Payme” ilovasi interfeysida sovrinni yutib olganlik \yoki olmaganligi haqida ma’lumot oladi.
4.3. Yutib olingan pul mukofoti “Payme” ilovasida biriktirilgan Ishtirokchining faol bank kartasiga o‘tkaziladi.
Jismoniy (mulkiy) yutuq (mulk shaklida) yutib olingan taqdirda, ishtirokchi yutuqni qabul qilish uchun ish kunlari Toshkent vaqti bilan soat 10:00 dan 19:00 gacha Tashkilotchining Toshkent shahri, Fidokor ko‘chasi, 10B-uy manzilidagi ofisiga kelishi kerak. Jismoniy sovrin g‘olibi xabarni olgandan keyin 10 kun ichida kelmasa, sovrin bekor qilingan hisoblanadi va g‘olib sovrinni olish huquqini yo‘qotadi.
4.4. Tashkilotchi yutuqni G‘olibning bank kartasiga o‘tkazgandan so‘ng “Pul mukofoti” toifasidagi sovrinni to‘lash shartlarini bajargan hisoblanadi. Jismoniy sovrinlar qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha beriladi.
5. Boshqa shartlar
5.1. Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra istalgan vaqtda va Ishtirokchini oldindan shaxsan xabardor qilmasdan yoki uning roziligisiz ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar kiritish yoki tegishli ma’lumotlarni veb-saytda\mobil ilovada yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda joylashtirish orqali O‘yinni o‘tkazishni to‘xtatish/to‘xtatib turish/bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
5.2. O‘yinda ishtirok etish bilan Ishtirokchining Tashkilotchi tomonidan ijtimoiy sahifalarida joylashtirilgan Qoidalarni toʻliq va soʻzsiz qabul qilishini bildiradi, shuningdek, Ishtirokchi bilan turli xil aloqa vositalaridan foydalangan holda bevosita aloqa oʻrnatish, shu jumladan (cheklovsiz) pochta joʻnatmalari, Ishtirokchining elektron pochta manziliga, mobil telefoniga (SMS-xabarnoma) tegishli ma’lumotlarni, Push-xabarlarini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasi mazmunining reklama tushunchasiga mos keladigan ma’lumotlarni yuborish orqali Tashkilotchi tomonidan oʻtkaziladigan reklama, marketing va boshqa dasturlar hamda oʻyinlarda ishtirok etish, shu jumladan koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar oʻtkazish, marketing va/yoki statistik va/yoki boshqa tadqiqotlar oʻtkazish, tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni targʻib qilish maqsadida, shu bilan birga Ishtirokchini yangi xizmatlar, maxsus takliflar va reklama O‘yinlar, Tashkilotchi tomonidan taqdim etilayotgan chegirmalar va bonuslar tizimlari, Tashkilotchi va uchinchi shaxslar tomonidan birgalikda taqdim etiladigan xizmatlari, mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) haqida ma’lumot berish maqsadida, shu jumladan Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida, xususan, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish maqsadida Ishtirokchining Ilovada roʻyxatdan oʻtish vaqtida taqdim etgan shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlashga bergan roziligini bildiradi.
5.3. O‘yinda ishtirok etish orqali Ishtirokchi oʻz xohishi bilan, oʻz manfaatlarini koʻzlab, Oʻzbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar toʻgʻrisida”gi qonun talablariga muvofiq Tashkilotchiga oʻz ma’lumotlarini (Oʻzbekiston Respublikasi shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini va ularni qayta ishlash jarayonida shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash toʻgʻrisidagi qonunchiligi talablariga rioya qilgan holda) ular tomonidan qayta ishlashga (toʻplash, qayd etish, tizimlashtirish, yigʻish, saqlash, tasdiqlash, aniqlashtirish (yangilash, oʻzgartirish), foydalanish, tarqatish, taqdim etish, topshirish, tashkilotchi va uning kontragentlari tomonidan Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini uzatish (shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga oʻtkazish), egasizlantirish, bloklash va yoʻq qilish, shu jumladan avtomatlashtirish va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, boshqa dasturiy vositalardan foydalanish, shuningdek, ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini qoʻlda, avtomatlashtirilgan va aralash, ham tashkilotchi va uning kontragentlarining ichki tarmogʻi, shuningdek. Internet orqali, shu jumladan ularsiz qayta ishlash. Amaldagi qayta ishlash usullariga quyidagilar, shu jumladan (cheklovlarsiz), ma’lumotlar bazasini zarur mezonlar boʻyicha segmentatsiyalash kiradi.
5.4. Ushbu rozilik Ishtirokchi tomonidan Ishtirokchiga tegishli har qanday ma’lumotlarga, shu jumladan yuqorida koʻrsatilgan maqsadlarga erishish uchun Ishtirokchining zarur yoki kerakli boʻlgan shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan har qanday harakatlarni amalga oshirish uchun beriladi, shu jumladan quyidagilar: familiyasi, ismi, otasining ismi; jinsi; tugʻilgan yili, oyi, sanasi (va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda-shaxsni tasdiqlovchi hujjatning rekvizitlari (pasport raqami, berilgan sana, berilgan organ nomi, shuningdek, roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar), soliq toʻlovchining shaxsiy raqami, mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzili va bank karta raqami hamda Sovrinni olish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar.
5.5. Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini ushbu Qoidalarga muvofiq qayta ishlashga jalb qilingan uchinchi shaxslarni tanlash huquqi Tashkilotchiga taqdim etiladi va qoʻshimcha kelishuvni talab qilmaydi. Tashkilotchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
5.6. O‘yinda ishtirok etish orqali o‘yin gʻolibi deb topilgan ishtirokchi, shuningdek, oʻz ismi, familiyasi, otasining ismi va oʻz rasmlarini (fotosuratlar va videolarini) Tashkilotchining quyidagi manzillar boʻyicha rasmiy tarmoqlariga joylashtirishga rozilik beradi
https://www.instagram.com/payme.uz/,
https://t.me/payme_uz,
https://www.facebook.com/payme.uz/,
shuningdek, bosma nashrlarda, radio va televizion dasturlarda, Internet ommaviy axborot vositalarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan (cheklovlarsiz) Instagram, Vkontakte, Facebook, Telegram tarmoqlarida ham.
5.7. Ushbu Qoidalar buzilgan taqdirda, Tashkilotchi O‘yin ishtirokchisini O‘yinda ishtirok etishdan soʻzsiz chetlashtirishga haqli. Shu bilan birga, Tashkilotchi koʻrsatilgan Ishtirokchiga (-larga) nisbatan oʻz harakatlariga izoh bermaslik huquqiga ega.
5.8. O‘yin Ishtirokchisi oʻzi haqida notoʻgʻri va/yoki ishonchsiz ma’lumotlarni koʻrsatishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy oqibatlar xavfini toʻliq oʻz zimmasiga oladi.
5.9. Ushbu ragʻbatlantiruvchi tadbirga muvofiq O‘yin gʻolibini aniqlash natijasi yakuniy sanaladi va unga e’tiroz bildirish mumkin emas.
5.10. O‘yin ishtirokchisi istalgan vaqtda O‘yin Tashkilotchilariga murojaat qilib, O‘yinda ishtirok etishni rad etishga haqli.
5.11. Tashkilotchi O‘yin ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs tomonidan O‘yinni oʻtkazish yoki Sovrinni olish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha va har qanday chiqim va xarajatlarni qoplamaydi.
5.12. Tashkilotchi telekommunikatsiya va energetika tarmoqlaridagi nosozliklar, zararli dasturlar, shuningdek, uchinchi shaxslarning dasturiy ta’minotga ruxsatsiz kirish va/yoki Tashkilotchining apparat kompleksini oʻchirishga qaratilgan insofsiz xatti-harakatlari tufayli majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi uchun javobgar emas.
5.13. Agar biror sababga ko‘ra O‘yinni yoki uning biror qismini rejalashtirilganidek amalga oshirib bo‘lmasa, kompyuter viruslari bilan zararlanish, nuqsonlar, manipulyatsiyalar, ruxsatsiz aralashuv, soxtalashtirish, texnik nosozliklar yoki Tashkilotchi tomonidan nazorat qilinmaydigan, O‘yinning oʻtkazilishi, xavfsizligi, halolligi va yaxlitligiga putur yetkazuvchi yoki ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday sabab tufayli O‘yinni o‘tkazishni bir tomonlama to‘xtatish yoki to‘xtatib turish yoxud uning ayrim Ishtirokchilarini chetlashtirish huquqiga ega.
5.14. Agar O‘yin ishtirokchilar ro‘yxatiga kiritilish firibgarlik va/yoki O‘yin shartlarini buzgan holda amalga oshirilgan bo‘lsa, sovrinlarni topshirishni rad etish huquqini Tashkilotchi o‘zida saqlab qoladi.
5.15. Apple inc. (“Appstore”, “Apple” huquq egasi) yutuqli o‘yinning tarafi hisoblanmaydi, Tashkilotchining faoliyati va sovrinlar o‘yiniga homiylik qilmaydi hamda hech qanday tarzda Tashkilotchi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirlarning tomoni hisoblanmaydi. O‘yin bilan bog‘liq barcha masalalar Tashkilotchi tomonidan mustaqil ravishda hal etiladi.