Перейти к основному содержимому

Aksiya o’tkazish qoidalari

· 8 мин. чтения
1.UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Qoidalar shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining (keyingi o‘rinlarda – O‘zR FK) 367-moddasi hamda 369-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Ushbu qoidalar “INSPIRED” QK MChJ tashkil etgan “Oltin chipta 2023 yil __ 03” aksiyasini tashkil qilish va o‘tkazishning unda ishtirok etish shartlari, G‘oliblarni aniqlash va Sovrinlarni taqdim qilish tartibi hamda boshqa muhim shartlarini tavsiflaydi.

1.2. Ishtirokchining mazkur Qoidalarning 3.1-bandida keltirilgan barcha shartlarni bir vaqtda bajarishi Aksiyada ishtirok etishga roziligini hamda mazkur Qoidalarda keltirilgan barcha shartlarni so‘zsiz qabul qilganligini bildiradi.
1.3. 1.3. Ushbu Qoidalar matnda bundan quyida “Aksiya” deb nomlanadigan “Oltin chipta 2023 yil __ 03” aksiyasini tashkil qilish va o‘tkazish tartibini belgilab beradi, ushbu tadbir “Payme” To‘lov servisini yanada ommalashtirishga yo‘naltirilgan rag‘batlantiruvchi aksiya hisoblanadi.
1.4. Aksiya tashkilotchisi – Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan “INSPIRED” qo‘shma korxonasi (“Payme” savdo belgisining egasi) bo‘lib, bundan quyida matnda “Tashkilotchi” deb ataladi. Uning yuridik manzili: Toshkent, 100 015, Fidokor ko‘chasi, 10 B-uy; telefon: (71)150-22-25; 150-22-26.
1.5. Aksiyada 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan har qanday jismoniy shaxs g‘olib bo‘lishi mumkin. Aksiya Tashkilotchisining xodimlari (Tashkilotchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan shaxslar), shuningdek ular bilan affillangan jismoniy shaxslar va ularning oila a’zolari bundan istisnodir.
1.6. Ushbu aksiya lotereya yoki boshqa tavakkalchilik bilan bog‘liq o‘yin emas va Aksiya ishtirokchilari unda ishtirok etish bilan bog‘liq hech qanday mulkiy tavakkalchilikka duch kelmaydilar. Aksiyani o‘tkazish protsedurasi ishtirokchilarning to‘lov kiritishi bilan bog‘liq emas va aksiyaning sovrin jamg‘armasi faqat Tashkilotchining mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.
1.7. Bir martalik pul sovrini miqdori quyidagi parametrlarga muvofiq belgilanadi:

SovrinlarPul sovrini
115 000 so‘m
250 000 so‘m
3100 000 so‘m
4500 000 so‘m
51 000 000 so‘m

1.8. Aksiyani o‘tkazish muddatlari: Boshlanish sanasi: 2023 yil “20” fevral. Yakunlanish sanasi: 2023 yil “25” mart..

1.9. Aksiya G‘oliblarini aniqlash sanasi va vaqti: 2023 yil 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00 dan

2.AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

2.1. Aksiyaning Sovrin jamg‘armasi Aksiya Tashkilotchi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi va faqat Aksiya G‘oliblariga Sovrinlarni taqdim qilish uchun foydalaniladi.

2.2 Sovrin jamg‘armasi quyidagi sovrinlardan iborat:

  • 15 000 so‘mdan 20 000 ta yutuq
  • 50 000 so‘mdan 1000 ta yutuq
  • 100 000 so‘mdan 500 ta yutuq
  • 500 000 so‘mdan 100 ta yutuq
  • 1 000 000 so‘mdan 100 ta yutuq

  • Jismoniy shaxslardan O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq o‘rnatilgan tartibda aksiya Tashkilotchisi tomonidan daromad solig‘i ushlab qolinadi.

2.3. Tashkilotchi Sovrinlar ro‘yxatini o‘zgartirish yoki kengaytirish huquqini o‘zida qoldiradi.

2.4. Pulda ifodalangan sovrin G‘olibga “Payme” to‘lov servisidagi Payme Card elektron hamyoniga tushirib beriladi. Sovrin tushirilayotgan vaqtda Payme Card elektron hamyoni faol bo‘lishi va zaruriyat tug‘ilganida identifikatsiyalanishi shart.

3.AKSIYADA IShTIROK ETISh ShARTLARI.
3.1. Aksiyada ishtirok etishni istagan har bir jismoniy shaxs bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarning barchasini bajarishi lozim:

a) “Payme” To‘lov servisida ro‘yxatga olingan foydalanuvchi bo‘lishi va “Payme” to‘lov servisida ro‘yxatga olingan va identifikatsiyalangan, Aksiya o‘tkazilish davrida faol bo‘lgan Payme Card elektron hamyoniga ega bo‘lishi; b) Aksiyani o‘tkazish davrida “Payme” To‘lov servisidadagi Payme People vitrinasida tasdifiy tarzda paydo bo‘ladigan oltin chiptaga (Payme People vitrinasida ballarga almashtirish mumkin) ega bo‘lishi shart. Foydalanuvchi 3 tagacha oltin chiptani almashtirishi mumkin.

Bitta chipta yutqazilmaydigan sovrinlar o‘yinida ishtirok etish uchun bitta imkoniyat taqdim etadi.

3.2. Aksiya G‘oliblarini aniqlash tartibi: 3.2.1. Aksiya g‘oliblarini tanlashda maxsus uskunalardan foydalanilmaydi. 3.2.2. Foydalanuvchilar o‘rtasida Aksiya G‘oliblari tasodifiy tarzda aniqlanadi, kompyuter tasodif tartibda har bir oltin chipta egasiga yutuq summasini belgilaydi. 3.2.3. Oltin chiptani Payme People vitrinasida sotib olgan Aksiya ishtirokchisi Sovrinni olishga haqli bo‘lgan Aksiya G‘olibi hisoblanadi.

3.2.4. G‘oliblarni tanlash jarayoni bir bosqichda: 2023 yil 25 martda Toshkent vaqti bilan soat 10:00 dan boshlab o‘tkaziladi.

3.2.5. Aksiya G‘olibi aniqlangandan so‘ng oltin chipta egasi Payme to‘lov servisida uning Aksiya G‘olibi deb tan olinganligi va pul yutug‘i yutib olganligi to‘g‘risida push-xabarnoma oladi. Ko‘rsatilgan pul yutuqlari uni oluvchi push xabarnomadagi faol promo-kodli havolaga bosganidan so‘ng avtomat tarzda G‘olib push-xabarnomani olgan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida uning faol «Payme Card» elektron hamyoniga o‘tkaziladi. Agar yutuqli o‘yin vaqtida foydalanuvchida «Payme Card» elektron hamyoni bo‘lmasa yoki hamyon identifikatsiyalanmagan bo‘lsa, yutuq summasini identifikatsiyalanmagan hamyonning limiti oshib ketishi munosabati bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lmaydi. Diqqat: Payme akkaunti o‘chirib tashlanganida sodiqlik dasturining barcha o‘zgarishlari yo‘q bo‘ladi va to‘plangan ballar yo‘qotiladi. Agar foydalanuvchi Payme ilovasida 3 oydan ortiq muddatda tranzaksiyalar amalga oshirmasa sodiqlik dasturining barcha o‘zgarishlari yo‘q bo‘ladi va to‘plangan ballar yo‘qotiladi..

4.YuTUQLARNI OLISh TARTIBI VA MUDDATLARI.
Aksiyada ishtirok etish shartlari va Yutuqlarni olish tartibi bo‘yicha ma’lumot uchun telefon: +998 (78) 150 22 45 +998 (71) 200 02 05

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq pul yutug‘i jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqqa (JShSD) tortiladi, xuddi boshqa daromad kabi O‘zR SK 5-moddasiga muvofiq soliq olinadi.

5.BOShQA ShARTLAR
5.1. Tashkilotchi ushbu Qoidalarga Tashkilotchining https://promo.payme.uz manzili bo‘yicha Telegramm kanalida tegishli axborotni joylashtirish yo‘li bilan istalgan vaqtda hech bir shartlarsiz bir tomonlama tartibda o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

5.2. Aksiyada ishtirok etish Ishtirokchining Tashkilotchining Instagram ijtimoiy sahifalarida joylashtirilgan Qoidalarni to‘liq va so‘zsiz qabul qilganligini, shuningdek Ishtirokchining Ishtirokchi ilovada ro‘yxatga olinayotgan vaqtda taqdim etgan o‘zining shaxsiy ma’lumotlariga “INSPIRED” QK MChJ tomonidan o‘tkaziladigan reklama, marketing va boshqa dastur va aksiyalarda ishtirok etish, shuningdek ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashgan qaratilgan tadqiqot ishlarini amalga oshirish, marketing va/yoki statistik va/yoki boshqa tadqiqotlar o‘tkazish, tovarlar, ishlar, xizmatlarni ilgari surish, Ishtirokchini yangi xizmatlar, maxsus takliflar va reklama aksiyalari, “INSPIRED” QK MChJ taklif etadigan chegirma va bonuslar tizimlari haqida xabardor qilish, shuningdek “INSPIRED” QK MChJ va uchinchi shaxslarning birgalikdagi xizmatlari, mahsulotlari (tovarlar, ishlar) haqida Ishtirokchi bilan turli aloqa vositalari, shu jumladan, pochta orqali yuborish, Ishtirokchining elektron pochta (e-mail) manziliga yuborish, mobil telefon (sms-xabar), push-xabarlar, shu jumladan, O‘zR “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasida keltirilgan reklama tushunchaga mos axborot yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani (cheklovlarsiz) ni amalga oshirish yo‘li xabardor qilish maqsadlarida, shuningdek Tashkilotchining O‘zR amaldagi qonunchiligi, xususan O‘zR Soliq kodeksi bilan ko‘zda tutilgan majburiyatlarini bajarish maqsadlarida Ishtirokchi ilovada ro‘yxatga olinayotgan vaqtda taqdim etgan o‘zining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishga roziligini bildiradi.

5.3. Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish bilan o‘z xohishi va manfaatlari yo‘lida harakat qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Tashkilotchi — “INSPIRED” QK MChJ ga (O‘zR qonunchiligining shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi va ishlov berishda ularning xavfsizligini ta’minlash talablariga rioya qilish sharti bilan), Tashkilotchi va uning kontragentlari tomonidan ularga ishlov berish (yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, tasdiqlash, aniqlik kiritish), shaxssizlashtirish, tarqatish, taqdim qilish, yuborish (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududida yuborish), bloklash, yo‘q qilish, bunda avtomatlashtirish vositalari va ma’lumotlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan, boshqa dasturiy vositalardan foydalangan holda, shuningdek Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga qo‘lda, avtomatlashtirilgan va aralash ishlov berish, “INSPIRED” QK MChJ ichki tarmog‘i va uning kontragentlari orasida Internet tarmog‘idan foydalangan yoki foydalanmagan holda uzatishga roziligini bildiradi. Foydalaniladigan ishlov berish usullari shuningdek o‘z ichiga (cheklovlarsiz) zaruriy mezonlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini segmentlashni ham oladi.

5.4. Ushbu rozilikIshtirokchi tomonidan yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan har qanday hatti-harakatlarni amalga oshirishga beriladi, bu ma’lumotlar shu jumladan uning: familiyasi, ismi, otasining ismi; jinsi; tug‘ilgan yili, kuni, oyi; (O‘zR qonunchiligida, xususan O‘zR Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda esa – shaxsni tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari (pasport raqami va seriyasi, berilgan sanasi, bergan organ nomi, shuningdek ro‘yxatga olish ma’lumotlari), soliq to‘lovchining individual raqami, mobil telefonlari raqamlari, elektron pochta manzili va bank kartasining raqami va Sovrinni olish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

5.5. Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishga jalb qilinadigan uchinchi shaxslarni tanlash huquqini Ishtirokchi ushbu Qoidalarga muvofiq “INSPIRED” QK MChJga beradi va bu qo‘shimcha kelishuvni talab qilmaydi. Tashkilotchi Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlariga O‘zRning amaldagi qonunchiligiga muvofiq ishlov beradi.

5.6. Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish bilan u Aksiya G‘olibi deb topilgan hollarda o‘zining ismi, familiyasi, otasining ismi va tasviri (fotosurati va videosi)ning Tashkilotchining http://www.payme.uz manzilidagi saytida, shuningdek bosma nashrlar, radio va televidenie ko‘rsatuvlari, Internet OAV va boshqa ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Instagram, «VKontakte», Facebook tarmoqlarida (cheklovlarsiz) joylashtirilishga o‘z roziligini bildiradi.

5.7. Tashkilotchi mazkur Qoidalar buzilgan hollarda Ishtirokchini aksiyada ishtirok etishdan hech qanday shartlarsiz chetlatishga haqli. Bunda Tashkilotchi ko‘rsatilgan Ishtirokchi(lar)ga nisbatan o‘zining hatti-harakatlarga izoh bermaslik huquqiga ega.

5.8. Aksiya Ishtirokchisi Ishtirokchining o‘zi haqida ko‘rsatgan noto‘g‘ri va/yoki noaniq ma’lumotlar bilan bog‘liq barcha salbiy oqibatlar uchun tavakkalchilikni to‘liq o‘z zimmasiga oladi.

5.9. Aksiya G‘olibini mazkur rag‘batlantiruvchi tadbirga muvofiq aniqlash natijalari yakuniy hisoblanadi va sud tartibida bekor qilinishi mumkin emas.

5.10 Aksiya Ishtirokchisi Aksiya Tashkilotchisiga murojaat qilib, istalgan vaqtda Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.

5.11. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisi yoki uchinchi shaxsda Aksiya o‘tkazilishi yoki Sovrinni olish bilan bog‘liq holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha va har qanday sarf-harajatlarni qoplamaydi.

5.12. Tashkilotchi telekommunikatsiya va energiya tarmoqlaridagi uzilishlar, zararli dasturlar ta’siri, shuningdek uchinchi shaxslarning “INSPIRED” QK MChJ dasturiy va/yoki apparat majmuini ishdan chiqarish yoki undan noqonuniy foydalanishga yo‘naltirilgan noinsof xatti-harakatlari natijasida o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki tegishlicha bajara olmaganligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.

5.13. Tashkilotchi Aksiya o‘tkazishni bir taraflama tartibida tugatish yoki to‘xtatishga yoki uning ayrim Ishtirokchilarini chetlatishga haqli. Bunda Aksiya yoki uning bir qismi kompyuterlarga tushgan viruslar, defektlar, noqonuniy aralashuv, soxtalashtirish, texnik nosozliklar hamda Tashkilotchi va/yoki “INSPIRED” QK MChJ nazoratidan tashqari sabablarga ko‘ra rejalashtirilganday amalga oshirilishi, Aksiyaning bajarilishi, xavfsizligi, haqqoniyligi, butunligini ta’minlay olmasligi sabab bo‘lishi mumkin.

5.14. Tashkilotchi istalgan vaqtda Ishtirokchini oldindan shaxsan xabardor qilmagan holda Tashkilotchining internet-saytida/mobil ilovasida tegishli axborotni joylashtirish yo‘li bilan hech qanday shartlarsiz mazkur Qoidalarga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kiritish yoki Aksiyani o‘tkazishni to‘xtatish/tugatish/bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.