Перейти к основному содержимому

ZARARLI HAVOLALARDAN EHTIYOT BO‘LING!

· O‘qish vaqti: 1 daqiqa

img alt

Hurmatli tadbirkorlar!

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va elektron pochta orqali zararli havolalarni o‘z ichiga olgan soxta xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nomidan "Ijro ishi materiallari to‘g‘risida xabarnoma" sifatida yuborilmoqda. Ularga ilova qilingan PDF-fayllarni ochish natijasida, pul mablag‘laringiz, ma’lumotlaringiz yoki qurilmangiz xavf ostida qolishi mumkin.

Firibgarlarning nayrangiga aldanib qolmaslik uchun quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz:

  • Noma’lum manbalardan kelgan havola yoki fayllarni ochmang;

  • Elektron xat jo‘natuvchisining haqiqiyligini diqqat bilan tekshiring;

  • Sizga kelgan xabarning haqiqiyligiga shubha qilsangiz, darhol tegishli davlat organlari bilan bog‘laning.

Ogoh bo‘ling va biznesingizni himoya qiling!