payme plus obunasi shartlari oʻzgarmoqda

payme xizmatdan foydalanishni yanada qulay va manfaatli qilish maqsadida payme plus obunasini yangilamoqda. Endi odatiy payme plus oʻrniga payme va TBC Bank afzalliklarini oʻzida jamlagan yagona obuna joriy etiladi.
Obuna narxi oʻzgarmaydi. Yagona obunani ilovalardan birida faollashtirib, uning imkoniyatlaridan har ikkala ilovada ham foydalanishingiz mumkin.
Bu qanday ishlaydi?
Yangi foydalanuvchilar uchun faqat yagona obuna mavjud boʻladi. Uni TBC Bank Uzbekistan yoki payme ilovalaridan birida rasmiylashtirish kifoya. Buning uchun har ikkala ilovada ham bir xil telefon raqami va JShShIR bilan ro‘yxatdan o‘tilgan bo‘lishi lozim.
Amaldagi foydalanuvchilar uchun nima oʻzgaradi?
Hammasi oddiy: amaldagi foydalanuvchilar obunadan avvalgidek foydalanishda davom etishadi. Yagona obunaga oʻtish uchun esa yangilangan ofertani qabul qilish kerak boʻladi.
Shuningdek, “Monitoring” tarifiga yangi ulanishlar to‘xtatiladi. Ushbu tarifdan hozir foydalanayotganlar undan foydalanishda davom etishlari mumkin. Yangi foydalanuvchilar uchun monitoring xizmati yagona obuna tarkibida boʻladi.
Bundan tashqari, payme ilovasida TBC Osmon kredit kartasidan amalga oshiriladigan o‘tkazmalar bo‘yicha tariflar ham yangilanadi.
O‘zgarishlar e’lon qilingan kundan boshlab kamida 15 kun o‘tgach kuchga kiradi. Batafsil ma’lumot bilan payme.uz saytida tanishish mumkin.