Mehnat daftarchasidan koʻchirma olish
· O‘qish vaqti: 1 daqiqa
Payme orqali ish stajini qanday tekshirish va mehnat daftarchasidan koʻchirma olish mumkin
Xizmatdan foydalanish uchun Payme ilovasida foydalanuvchini identifikatsiyalash jarayonidan oʻtish kerak.
Batafsil video ko'rsatma:
1-qadam
Payme ilovasiga kiring va “Servislar” boʻlimiga oʻting.
2-qadam
“Ma’lumotnomalar va davlat xizmatlari” servisini tanlang
3-qadam
“Ma’lumotnomalar” toifasini tanlang
4-qadam
“Mehnat daftarchasidan koʻchirma olish” xizmatini tanlang.
5-qadam
Xizmatning qisqacha tavsifi bilan tanishib chiqing va “Oldinga” tugmasini bosing.
6-qadam
Ilova JShShIRingizni ma’lumotlar bazasidan avtomatik ravishda olib kiritadi. “Oldinga” tugmasini bosing.
7-qadam
Ekranda ish joyidan koʻchirma paydo boʻladi
“Yuklab olish” tugmasini bosing. Ilova hujjatingizni rasmiy shaklda yuklab beradi.
Hujjat Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat” tizimi tomonidan tuzilgan. Shuning uchun siz uni talab etilgan joy boʻyicha taqdim etishingiz mumkin.