payme’ning rasmiy munosabati
· O‘qish vaqti: 1 daqiqa

Xalq Nazorati telegram kanalida payme orqali xarid qilingan aviachipta uchun to‘lovni qaytarish masalasi yuzasidan foydalanuvchining murojaati e’lon qilindi.
payme jamoasi murojaatni ko‘rib chiqdi, mijoz va aviakompaniya bilan bog‘landi hamda masalaning hal etilishiga yordam berdi.
payme uchun foydalanuvchilar o‘zlarini qo‘llab-quvvatlangan his qilishlari va zarur paytda yordam ola olishlarini bilishlari muhim. Har bir murojaat e’tibor talab qiladigan jihatlarni aniqlash va xizmatimizni yanada yaxshilashga yordam beradi.