Перейти к основному содержимому

“X-factor” ko‘rsatuvida ovoz berish qoidalari

· 3 мин. чтения

«X-factor» ko‘rsatuvi (bundan keyin “X-factor Ko‘rsatuvi” yoki “Ko‘rsatuv”) tomoshabinlarining ovoz berish davri:

«X-factor» Ko‘rsatuvi ishtirokchilariga ovoz berish 2023 yilning 19 noyabridan 2023 yilning 24 dekabriga qadar davom etadi (ikkala sana ham kiradi). Ko‘rsatuvning u yoki bu soni ishtirokchilari uchun ovoz berishning boshlanishi va tugashi haqida FTV Telekanali efirlarida ko‘rsatuv boshlovchilari tomonidan ma’lum qilib boriladi (bundan keyin – “Ovoz berish”). Ovoz berish jarayonlari haqidagi batafsil ma’lumotlar ushbu Qoidalarga muvofiq aniqlanadi va ko‘rsatuv boshlovchilari tomonidan xabardor qilinadi.

Finalchilar tarkibi va «X-factor» ko‘rsatuvi g‘olibini aniqlash.

«X-factor» ko‘rsatuvida qatnashayotgan barcha ishtirokchilar orasidan ovoz berish yo‘li orqali ko‘rsatuv g‘olibi deb tan olingan bir nafargina ishtirokchi tanlanadi. Ko‘rsatuvning har bir ishtirokchisiga “01” dan boshlab, ishtirokchilar soniga mos ravishda butun sonlar ko‘rinishida raqam beriladi (bundan keyin – “Ishtirokchi raqami”). Ishtirokchi raqami kodga moslashtirilgan, u orqali tomoshabinlar ko‘rsatuvdagi sevimli ishtirokchisiga ovoz beradi. 2023 yilning 19 noyabridan 17 dekabrigacha Ovoz berish bir bosqichda o‘tkaziladi. Ovoz berish jarayonining boshlanishi va tugashi ko‘rsatuv boshlovchilari tomonidan e’lon qilinadi. Bunday ovoz berish natijalari bo‘yicha eng kam ovoz to‘plagan 3 (uch) nafar ishtirokchi aniqlanadi. Ana shu uch ishtirokchi orasidan esa eng kam ovoz to‘plagan ishtirokchi ko‘rsatuvni tark etadi. Ko‘rsatuvning qolgan ishtirokchilari esa bitta qo‘shiqni (“Hayot uchun qo‘shiq”) ijro etish yo‘li orqali Ko‘rsatuvdagi ishtirokini davom ettirish uchun bellashadilar. 2023 yilning 17 dekabrida Ovoz berish jarayoni ikki bosqichda o‘tkaziladi:

I-bosqich: Ovoz berish jarayonining boshlanishi va tugashi ko‘rsatuv boshlovchilari tomonidan e’lon qilinadi. Bunday ovoz berish natijalari bo‘yicha eng kam ovoz to‘plagan 2 (ikki) nafar ishtirokchi ko‘rsatuvni tark etadi. Qolgan ikki nafar finalga chiqqan ishtirokchi uchun haftalik Ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi.

ІІ-bosqich: Haftalik Ovoz berish 2023 yilning 17 dekabrida boshlanadigan Ko‘rsatuv boshlovchilari ovoz berish boshlanganini e’lon qilgan paytdan, Ko‘rsatuv boshlovchilari ovoz berish tugaganligini e’lon qilgan payt - 2023 yil 24 dekabrigacha bo‘lgan davrda o‘tkaziladi. Bunday ovoz berish natijalari bo‘yicha eng ko‘p ovoz to‘plagan ko‘rsatuvning 1 (bir) nafar ishtirokchisi aniqlanadi. «X-factor» ko‘rsatuvi g‘olibi deb, ushbu Qoidalarning yuqoridagi bo‘limda ko‘rsatilgan muddatda Ovoz berishda eng ko‘p ovoz to‘plagan ko‘rsatuv ishtirokchisi tan olinadi. 2023 yilning 24 dekabrida ommaga namoyish etiladigan Ko‘rsatuvning so‘nggi efiri vaqtida tomoshabinlar eng ko‘p ovoz bergan final ishtirokchisining («X-factor» Ko‘rsatuvi G‘olibi) ismi e’lon qilinadi.

Ilova orqali Ovoz berish mexanizmi:

Jonli efirda boshlovchilar tomonidan e’lon qilinadigan ovoz berish davrida Ilovadan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi “Ovoz berish” bo‘limiga o‘tib, ko‘rsatuvning u yoki bu ishtirokchisiga o‘z ovozining nechtasini berish qarorini mustaqil qabul qilgach, ko‘rsatuvning u yoki bu bosqichida ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilar suratlari joylashgan lentada o‘z ovozini bermoqchi bo‘lgan ishtirokchining/ishtirokchilarning suratiga 10 marta bosadi. Shundan so‘ng ilovadan Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining Ovoz berish imkoniyati Ovoz berishning keyingi davri boshigacha bloklanadi.