payme’da avgust — yanada ko‘proq individual shartlar

payme kundalik to‘lovlarni foydalanuvchilar uchun yanada qulayroq qilishda davom etmoqda. Avgust oyida ilovada yangi funksiyalar ishga tushadi. Ushbu funksiyalar foydalanuvchilarning ehtiyojlarini yanada chuqurroq tushunishga va kelajakda servisni yanada barqaror qilishga yordam beradi.
Uzoq kutilgan keshbek va obuna uchun chegirma
Endi payme plus obunasining “Hammasi ichida” tarifida payme ilovasi orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lov qilganda 1% keshbek qaytariladi. Keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi. Bundan tashqari, obuna 5 million so‘mgacha komissiyasiz pul o‘tkazmalari, keyinroq to‘lash xizmati, Yandex Plus, Setanta Sports va xarajatlar monitoringini o‘z ichiga oladi. Eng asosiysi — endi “Hammasi ichida” tarifiga oyiga 29 990 so‘m evaziga obuna bo‘lish mumkin (ilgari 44 990 so‘m bo‘lgan), sinov oy esa bepul. Bir oyda 300 000 so‘mgacha keshbek yig‘ish mumkin — bu obuna narxidan 10 barobar ko‘p.
payme people yangiliklari
Keshbek joriy etilgach, payme people sodiqlik dasturi yakunlanadi. 2025-yil 12-avgustdan ballar yig‘ish to‘xtatiladi, ammo ilgari yig‘ilgan ballar saqlanib qoladi va payme people bo‘limida cheklovlarsiz foydalanish mumkin bo‘ladi.