Перейти к основному содержимому

O'zbekistonning yetakchi fintex kompaniyalaridan birida backend dasturchisi sifatida karyerangizni boshlang!

· O‘qish vaqti: 2 daqiqa

img alt

payme texnika oliy o'quv yurtlarining Computer Science, Software Engineering va tegishli yo'nalishlar bo'yicha bitiruvchilarini, shuningdek backend'ga o'tishni istovchi boshlang'ich backend-dasturchilar va frontend-mutaxassislarni Node.js, TypeScript, MongoDB va Kafka texnologiyalaridan foydalangan holda backend-dasturlash bo'yicha haq to'lanadigan amaliyotga taklif etadi.

Uch oylik amaliyot o'tab, yirik to'lov xizmatining real loyihalarida tegishli tajriba orttiring.

Sizga quyidagilarni taklif qilamiz:

Amaliy vazifalar - kompaniyaning yetakchi backend dasturchilari rahbarligida real loyihalar ustida ishlash.

Qimmatli tajriba - jamoa bo'lib ishlash va mikroservis hamda hodisaga yo'naltirilgan arxitekturaga chuqur kirib, zamonaviy server dasturlashdagi eng yaxshi tajribalarni o'rganish.

Sertifikat - olingan bilim va ko'nikmalarning hujjatli tasdig'i.

Ishga joylashish imkoni - payme'da Junior Backend Developer lavozimiga taklif olish mumkin.

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

  • JavaScript'ni yaxshi bilish — event loop, asinxronlik, promislar, callback funksiyalari, yopilishlarni tushunish.

  • Node.js'da dasturlashda amaliy tajriba — o'quv yoki shaxsiy loyihalar, mustaqil ravishda amalga oshirilgan backend-ilovalar bo'lishi.

  • TypeScript'ning asoslarini yaxshi bilish — turlar, interfeyslar, generics bilan ishlay olish.

  • MongoDB yoki boshqa NoSQL asoslarini bilish va har qanday relatsion MB bilan ishlashda boshlang'ich tajriba bo'lishi, NoSQL va relatsion MB o'rtasidagi farqni tushunish.

  • REST API haqida asosiy tushuncha va oddiy API va ularga so'rovlar yozish tajribasi bo'lishi.

  • Git bilan ishlash ko'nikmalari bo'lishi, eng yaxshi amaliyotlarni bilish.

  • Toza, o'qishga qulay kod yozish qobiliyati, refactoring asoslarini tushunish.

  • Tahlil qilish qobiliyati va kasb o'rganish hamda sohada rivojlanish istagi.

Qo'shimcha ustunlik beradigan jihatlar:

  • Kafka yoki boshqa xabarlar brokeri bilan ishlash tajribasi.

  • Mikroservis arxitekturasining asosiy tamoyillarini tushunish.

  • DDD, Clean Architecture, EDA haqida nazariy bilimlar.

Amaliyotda sizni quyidagilar kutmoqda:

  • TypeScript yordamida Node.js tizimida backend dasturlashning zamonaviy yondashuvlarini o'rganish.

  • API va hodisaga yo'naltirilgan arxitekturani (Kafka) loyihalashga chuqur kirish.

  • MongoDB bilan ishlashni amalda o'zlashtirish — ma'lumotlar sxemalari, agregatsiyalar, so'rovlarni optimallashtirish.

  • Server kodi uchun unit-testlar va integratsion testlarni qo'llash.

  • Monitoring, logging va CI/CD instrumentlari bilan tanishish.

  • Jamoaviy ishlash, kodni ko'rib chiqish va ishlab chiqishga tezkor yondashuv ko'nikmalarini rivojlantirish.

Amaliyot formati:

Davomiyligi: uch oy, boshlanishi — 2025-yil iyun.

Ish vaqti: to'liq ish kuni, 10:00 dan 19:00 gacha.

Manzil: payme ofisi.

Muvaffaqiyat tomon yo'lingizni biz bilan boshlang! Ariza topshiring va O'zbekistondagi fintex kelajagini o'zgartiradigan jamoaning bir qismiga aylaning.