Перейти к основному содержимому

Tutorial-challenge 2023 01 ofertasi

· 9 мин. чтения

AKSIYA O‘TKAZISH QOIDALARI

1.UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Qoidalar sharnomaning barcha salmoqli shartlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining (keyingi o‘rinlarda – O‘zR) 367-moddasi hamda 369-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy ofertadir. Ushbu qoidalar “INSPIRED” QK MChJ tomonidan tashkil etilgan “Туториал-челлендж 2023_01” Aksiyasini tashkil qilish va o‘tkazishda ishtirok etish shartlari, G‘oliblarni aniqlash va Sovrinlarni taqdim qilish, hamda boshqa muhim shartlariga tavsif beradi.

1.2. Ishtirokchi tomonidan mazkur Qoidalarning 3.1-bandida keltirilgan barcha shartlarning bir vaqtda bajarilishi Aksiyada ishtirok etishga rozilikni hamda mazkur Qoidalarda keltirilgan barcha shartlarga so‘zsiz roziligini bildiradi.

1.3. Ushbu Qoidalar kelgusi matnda “Aksiya” deb nomlanuvchi “Туториал-челлендж 2023_01” Aksiyasini tashkil qilish va o‘tkazish tartibini belgilab, ushbu tadbir “Payme” to‘lov xizmatini yanada ommalashtirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi Aksiyadir.

1.4. Aksiya tashkilotchisi – Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan “INSPIRED” qo‘shma korxonasi (“Payme” savdo belgisining egasi) bo‘lib, kelgusi matnda “Tashkilotchi” deb ataladi. Tashkilotchining yuridik manzili: 100100, Toshkent sh., Bobur ko‘chasi, 22A uy; telefon: (71)150-22-25; 150-22-26.

1.5. Aksiyada 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan har qanday jismoniy shaxs g‘olib bo‘lishi mumkin. Aksiya Tashkilotchisining xodimlari (Tashkilotchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan shaxslar), hamda affillangan shaxslar va ularning oila a’zolari bundan mustasnodir.

1.6. Mazkur Aksiya lotereya yoki boshqa, tavakkalchilik bilan bog‘liq o‘yin emas, Aksiya ishtirokchilari unda ishtirok etish bilan bog‘liq hech qanday mulkiy tavakkalchilikka duch kelmaydilar. Aksiyani o‘tkazish protsedurasi ishtirokchilar tomonidan to‘lov kiritilishi bilan bog‘liq emas va Aksiyaning sovrin jamg‘armasi to‘liqligicha Tashkilotchi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.

1.7. Bir martalik pul mukofoti miqdori quyidagi parametrlarga muvofiq belgilanadi: 5 nafar g‘olib, har biri 10 000 000 so‘mdan 5 ta pul mukofoti.

1.8. Tanlov bolib otadigan muddat:

Boshlanish sanasi 2023-yil 7-fevral,

Tugash sanasi 2023 yil 7 mart

1.9. Tanlov g‘oliblarini aniqlash sanasi va vaqti:

2023-yil 23-mart Toshkent vaqti bilan 10:00 dan 23:00 gacha.

2.AKSIYАNING SOVRIN JAMG‘ARMASI
2.1. Aksiya sovrinli jamg‘armasi to‘liqligicha Tashkilotchi mablag‘larilan shakllantirilib, Aksiya G‘oliblariga Sovrinlarni taqdim qilishga mo‘ljallangan.

2.2. Sovrin fondi quyidagilardan iborat:

• 10 000 000 so’m miqdoridagi 5 (besh) ta pul mukofoti

Jismoniy shaxslardan daromad solig‘ining ushlab qolinishi O‘zR amaldagi qonunchiiliga muvofiq o‘rnatilgan tartibda Aksiya Tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi.

2.3. Tashkilotchi Sovrinlar tarkibini o‘zgartirish yoki kengaytirish huquqini o‘zida qoldiradi.

2.4. Pul ko’rinishidagi sovrin G’olibning “Payme” to’lov xizmatidagi Payme Card elektron hamyoniga o’tkaziladi. Sovrinni o‘tkazish vaqtida Payme Card elektron hamyoni faol bo‘lishi kerak.

3.AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI

3.1. Aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarning barchasini bajarishi lozim:

a) Payme toʻlov xizmatining roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchisi boʻlishi va «Payme» toʻlov xizmatida roʻyxatdan oʻtgan va identifikatsiyalangan Tanlov davrida faol bo`lgan Payme Card elektron hamyoniga ega boʻlishi kerak;

b) Tanlov muddati davomida Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bir yoki bir nechta – Instagram Stories’larni shaxsiy akkauntida Payme to‘lov xizmati (lari) hayotiy muammoni(larni) hal qilishda qanday yordam berganligi haqida qiziqarli hikoyani o‘z gacha olgan matn yoki video ko‘rinishda post joylashtirish shart

Yuqoridagi shartlar bajarilgandan so‘ng, ishtirokchining Instagram hikoyalari Instagram’dagi @payme.uz rasmiy sahifasida Payme to‘lov xizmatining Instagram Stories’ida e’lon qilinadi. Ishtirokchilarning Instagramdagi barcha hikoyalari @payme.uz sahifasidagi «Актуальное» da jamlanadi.

3.2. Aksiya G‘oliblarini aniqlash tartibi:

3.2.1. Aksiya g‘oliblarini aniqlashda maxsus uskunalardan foydalanilmaydi.

3.2.2. Tanlov g‘oliblarini aniqlash uchun e’lon qilingan Instagram Stories (keyingi o‘rinlarda “hikoya” deb yuritiladi) orasidan Tanlov shartlaridan kelib chiqqan holda 20 ta hikoyadan iborat eng qiziqarli hikoyalar tanlab olinadi. 15 mart kuni Tanlovning 5 nafar g’olibi aniqlanadi. Hakamlar hay’ati tarkibi Xizmat tashkilotchisi tomonidan mustaqil ravishda belgilana

3.2.3. Hikoyasi hakamlar hay’ati tomonidan tanlangan tanlov ishtirokchisi tanlov g'olibiga aylanadi va Sovrinni olish huquqiga ega bo'ladi

3.2.4. G‘oliblarni aniqlash tartibi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

2023- yil 9-mart Toshkent vaqti bilan soat 10:00 dan 2023-yil 10 mart 23:00 gacha

(1-bosqich) – Tanlovning 20 (yigirma) nafar finalistlari aniqlanadi:

2023-yil 23-mart Toshkent vaqti bilan 10:00 dan 23:00 gacha

(2-bosqich) – 5 (besh) nafar Tanlov g’oliblari aniqlanadi.

5 kishi 10 000 000 so’mdan oladi.

3.2.5. Tanlov Finalistlari aniqlangandan so‘ng Finalga chiqqanlar Instagram ijtimoiy tarmog‘ida Payme to‘lov xizmati @payme.uz rasmiy akkauntidan finalda ishtirok etishi haqida shaxsiy xabar oladi. Tanlov G‘olibi aniqlangandan so‘ng, G‘olib Payme to‘lov ilovasidan uni Tanlov G‘olibi deb e’tirof etish va Sovrinni qo‘lga kiritish haqida push-bildirishnoma oladi. Sovrinni olish uchun G‘olib Payme to‘lov xizmatining Toshkent shahri, 100 015, Fidokor ko‘chasi, 10 B uy manzilida joylashgan bosh ofisiga kelishi kerak; DIQQAT: Har bir tanlov ishtirokchisi faqat bitta Sovrin yutib olishi mumkin.

4.SOVRINLARNI OLISH TARTIBI VA MUDDATLARI.
Aksiyada ishtirok etish shartlari va Sovrinlarni olish tartibi yuzasidan ma’lumot uchun telefon:

+998 (78) 150 22 45

+998 (71) 200 02 05

Aksiya G‘olibi Sovrinni olganidan so‘ng Tashkilotchi xodimiga har qanday qulay yo‘l bilan quyidagi ma’lumot va hujjatlarni taqdim qilish majburiyatini oladi

-Aksiya G‘olibi sifatida tan olinganlik to‘g‘risidagi Push xabar;

-shaxsni tasdiqlovchi hujjat (O‘zR fuqarolik pasporti, O‘zR hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari uchun yashash ruxsatnomasi yoki O‘zR hududida doimiy yashovchi fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun yashash ruxsatnomasi.);

– Payme ilovasida G‘olibning akkaunti ro‘yxatdan o‘tgan mobil telefon raqami.

Agar Tanlov gʻolibi yutuqni olish uchun yutuq toʻgʻrisidagi maʼlumot haqidagi push xabarnoma jo`natilgan va https://www.instagram.com/payme.uz/ saytida Tanlov Gʻolibi haqidagi maʼlumotlar joylashtirilgan kundan boshlab 10 kun ichida Sovrinni olish uchun ariza bermasa Tanlov Sovrini bekor qilinadi.

Yuqorida keltirilgan ro‘yxat asosida hujjatlar taqdim qilindagina Aksiya Ishtirokchisi yutib olgan Aksiya sovrinini olishi mumkin.

O‘zR qonunchiligiga muvofiq, pul mukofoti ko‘rinishidagi sovringa Jismoniy shaxslar daromad solig‘iga tortilib, O‘zR SKning 377 moddasi 4 bandiga muvofiq qo‘shimcha daromadlar toifasiga kiritiladi.

5.QO’SHIMCHA SHARTLAR

5.1. Tashkilotchi istalgan vaqtda mazkur Qoidalarga shartsiz ravishda, bir tomonlama tarzda o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar qo‘shish huquqini o‘zida qoldirib, ushbu o‘zgarish va/yoki qo‘shimchalar to‘g‘risidagi muvofiq ma’lumot Tashkilotchining 5.1. Организатор оставляет за собой право в безусловном одностороннем порядке в любое время вносить в настоящие Правила изменения и/или дополнения путем размещения соответствующей информации на сайте Организатора по адресу https://blog.payme.uz/oferta-konkursa-tutorialy-s-payme/

manzilidagi veb-saytida e’lon qilinadi.

5.2. Tanlovda ishtirok etish Tashkilotchining Instagram ijtimoiy sahifasida joylashtirilgan Qoidalarni Ishtirokchi tomonidan toʻliq va soʻzsiz qabul qilishini, shuningdek, Tashkilotchi INSPIRED MChJ QK tomonidan o’tkaziladigan reklama, marketing va boshqa dasturlar va aksiyalarda, shuningdek, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar o’tkazish, marketing va/yoki statistik va/yoki boshqa tadqiqotlar o’tkazish, tovarlar, ishlar, xizmatlarni targ`ib qilish , Ishtirokchini INSPIRED MChJ qo’shma korxonasi tomonidan taklif qilinadigan yangi xizmatlar, maxsus takliflar va aksiyalar, chegirma va bonus tizimlari to’g’risida xabardor qilish, «INSPIRED» MChJ QK va uchinchi shaxslarning qo’shma xizmatlari, mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) to’g’risida xabar berish, shuningdek Tashkilotchining O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, xususan, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan majburiyatlarini bajarish uchun turli xil aloqa vositalaridan foydalangan holda Ishtirokchi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatish, jumladan (lekin bu bilan cheklanmagan holda) pochta jo‘natmalari, Ishtirokchining elektron pochta manziliga(elektron pochta) jo‘natish, mobil telefonga (SMS-xabarnoma) tegishli ma’lumotlar, push-bildirishnomalar, shu jumladan, Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi maʼnosida reklama tushunchasiga mos keladigan maʼlumotlarni yuborishiga roziligini bildiradi.

5.3. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi o‘z xohishi va manfaatlari yo‘lida harakat qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuninga muvofiq, Tashkilotchi – “INSPIRED” QK MChJ ga (O‘zR qonunchiligining shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi va ishlov berilganda ularning xavfsizligini ta’minlash sharti bilan), Tashkilotchi va uning kontragentlari tomonidan ularga ishlov berish (yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, tasdiqlash, aniqlik kiritish), shaxssizlashtirish, tarqatish, taqdim qilish, yuborish (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududida yuborish), blokirovka qilish, yo‘q qilish, bunda avtomatizatsiya vositalari va ma’lumotlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan, boshqa dasturiy vositalardan foydalangan holda, hamda Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga qo‘ldan, avtomatlashtirilgan va aralash ishlov berish, “INSPIRED” QK MChJ va uning kontragentlari orasida Internet tarmog‘idan foydalangan yoki foydalanmagan holda uzatishga roziligini bildiradi. Foydalanilayotgan ishlov berish usullari o‘z ichiga (cheklovlarsiz) zarur toifalarga ko‘ra ma’lumotlar bazasini segmentatsiya qilishni ham oladi.

5.4. Mazkur rozilik yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish yo‘lida Ishtirokchi tomonidan Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan har qanday hatti-harakatlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi, shu jumladan uning: familiyasi, ismi, otasining ismi; jinsi; tug‘ilgan yili, kuni, oyi; (O‘zR qonunchiligida, xususan O‘zR Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari (pasport raqami va seriyasi, berilgan sanasi, bergan organ nomi, hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlari), soliq to‘lovchining individual raqami, mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzili, bank kartasining raqami va sovrinni olish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

5.5. Mazkur Qoidalarga muvofiq Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish jarayoniga jalb qilinuvchi uchinchi shaxslarni tanlash huquqi Ishtirokchi tomonidan “INSPIRED” QK MChJga berilib, qo‘shimcha kelishuvni talab qilmaydi. Tashkilotchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berilishi O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

5.6. Tanlov gʻolibi deb topilgan Ishtirokchi Tanlovda ishtirok etish orqali oʻzining ismi, familiyasi, otasining ismi va rasmlari (foto va video) Tashkilotchining https://www.instagram.com/payme.uz/ , https://t.me/payme_uz, https://www.facebook.com/payme.uz/ manzilidagi rasmiy tarmoqlarida shuningdek, bosma nashrlarda, radio va teleko’rsatuvlarda, onlayn ommaviy axborot vositalarida va axborotni ommaviy tarqatishning boshqa vositalarida, jumladan (lekin bu bilan cheklanmagan ) Instagram, VKontakte, Facebook, Telegram rasmiy tarmoqlarida joylashtirilishiga ham roziligini bildiradi.

5.7. Mazkur Qoidalar buzilgan taqdirda, Tashkilotchi Ishtirokchini Aksiyada ishtirok etishdan shartsiz tarzda chetlatishga haqli. Bunda, Tashkilotchi ko‘rsatilgan Ishtirokchi(lar)ga nisbatan qilingan hatti-harakatlarga izoh bermaslikka haqli.

5.8. Aksiya Ishtirokchisi Ishtirokchi tomonidan o‘zi haqida ko‘rsatgan noto‘g‘ri va/yoki noaniq ma’lumotlar bilan bog‘liq barcha salbiy oqibatlar uchun tavakkalchilikni to‘liq o‘z zimmasiga oladi.

5.9. Mazkur rag‘batlantiruvchi tadbir doirasida Aksiya G‘olibini aniqlash jarayoni natijalari yakuniy bo‘lib, sud tartibida bekor qilinishi mumkin emas.

5.10 Aksiya Ishtirokchisi istalgan vaqtda Aksiya Tashkilotchisiga murojaat qilib, Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.

5.11. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs tomonidan Aksiya o‘tkazilishi va Sovrinni olish bilan bog‘liq holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan sarf-harajatlarni qoplamaydi.

5.12. Tashkilotchi, telekommunikatsiya va energiya tarmoqlaridagi uzilishlar, zararli dasturlar ta’siri, hamda uchinchi shaxslarning “INSPIRED” QK MChJ dasturiy va/yoki apparat majmuini ishdan chiqarish yoki noqonuniy ulanishga qaratilgan noqonuniy hatti-harakatlari natijasida o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki kerakli tarzda bajara olmaganlik uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.

5.13. Tashkilotchi Aksiyani bir taraflama tartibida tugatish yoki to‘xtatishga, uning alohida ishtirokchilarini chetlatishga haqli. Bunda Aksiya yoki uning bir qismi kompyuterlarga tushgan viruslar, defektlar, noqonuniy aralashuv, soxtalashtirish, texnik nosozliklar hamda Tashkilotchi va/yoki “INSPIRED” QK MChJ nazoratidan tashqari sabablarga ko‘ra rejalashtirilganday amalga oshirilishi, Aksiyaning bajarilishi, xavfsizligi, haqqoniyligi, butunligini ta’minlay olmasligi sabab bo‘lishi mumkin.

5.14. Tashkilotchi o‘zida istalgan vaqtda, shartsiz ravishda, Ishtirokchini oldindan shaxsan xabardor qilmagan holda mazkur Qoidalarga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kiritish, Aksiyani o‘tkazishni to‘xtatish/tugatish/bekor qilish huquqini o‘zida qoldirib, bu ishlarni Tashkilotchining internet-saytida/mobil ilovasida tegishli ma’lumotni joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiradi.