Перейти к основному содержимому

“Kirim-chiqim” xizmatiga ulanish boʻyicha aksiyani oʻtkazish qoidalari

· 9 мин. чтения

1.Umumiy qoidalar

1.1 Mazkur Qoidalar shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga va 369-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Ushbu Qoidalar “INSPIRED” MChJ XK tomonidan tashkil etilgan “kirim-chiqim” xizmatini ulash boʻyicha Aksiyada ishtirok etish shartlarini, Gʻoliblarni aniqlash hamda Sovrinni topshirish tartibini, shuningdek, Aksiyani tashkil etish va oʻtkazishning boshqa muhim shartlarini oʻz ichiga oladi.

1.2 Mazkur Qoidalarning 3.1-bandida koʻrsatilgan barcha shartlarni Ishtirokchi tomonidan bir vaqtning oʻzida bajarilishi Aksiyada ishtirok etishga rozilik bildirib, ushbu Qoidalarda belgilangan barcha shartlarni soʻzsiz qabul qilish hisoblanadi.

1.3 Mazkur Qoidalar “Payme” toʻlov xizmatini ommalashtirishga qaratilgan va ragʻbatlantiruvchi tadbir hisoblangan “Kirim-chiqim” xizmatini (keyingi oʻrinda “Aksiya” deb yuritiladi) ulash boʻyicha Aksiyani tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.

1.4 Aksiya tashkilotchisi: “INSPIRED” MChJ XK (“Payme” savdo belgisi), keyingi oʻrinda “Tashkilotchi” deb yuritiladi. Yuridik manzili: Toshkent shahar, 100015, Fidokor ko‘chasi, 10 B uy; Tel.: (71)150-22-25; 150-22-26

1.5 Aksiya gʻolibi 18 (oʻn sakkiz) yoshga toʻlgan istalgan talabgor shaxs boʻlishi mumkin. Aksiya Tashkilotchisi xodimlari (Tashkilotchi bilan mehnat shartnomasini yoki fuqarolik va huquqiy shartnomani tuzgan shaxslar), shuningdek, jonli efir (tanlov) oʻtkazishda boshlovchi sifatida taklif etilgan shaxslar bundan mustasno.

1.6 Mazkur Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan oʻyin emas, shuningdek, Aksiya ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bogʻliq hech qanday mulkiy tavakkalchiliklarga ega boʻlmaydilar. Aksiyaning sovrin jamgʻarmasi faqat Tashkilotchi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi.

1.7 Aksiya oʻtkazish muddatlari:

Boshlanish sanasi: 2023 yil 13 noyabr (soat 00:01 dan). Tugash sanasi: 2023 yil 15 dekabr (soat 23:59 gacha)

1.8 Aksiya g‘oliblarini aniqlash sanasi:

Sovrin g‘oliblari 2023 yil 18 dekabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davr oralig‘ida tasodifiy tartibda tanlovchi generatoridan foydalangan holda jonli efirda ishtirokchilar orasidan bir marta tanlanadi. Jonli efirning aniq sanasi va vaqti Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali oldindan e’lon qilinadi.

2. Aksiyaning sovrinlar jamgʻarmasi

2.1 Aksiyaning sovrinlar jamgʻarmasi Aksiya Tashkilotchisi mablagʻlari hisobidan shakllantirilib, undan faqat Aksiya Gʻoliblariga Sovrinlarni topshirish uchun foydalaniladi.

2.2 Umumiy sovrin jamgʻarmasi: har birining ogʻirligi 20 grammdan iborat 10 dona oʻlchovli oltin quymalar.

2.3 Soliq kodeksining 369-moddasi 2-qismining 14-bandiga muvofiq Tashkilotchining ushbu Aksiya doirasida gʻolib-jismoniy shaxslar foydasiga amalga oshirgan xarajatlari (sovrin topshirish) soliq to‘lovchining daromadi hisoblanmaydi.

2.4 Tashkilotchi Sovrinlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish yoki uni kengaytirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

2.5 Aksiyani oʻtkazish muddati davomida bir nafar shaxs faqat bir marta g‘olib deb tan olinishi mumkin.

3. Aksiyada ishtirok etish shartlari

Atamalar

Ishtirokchi - mazkur Qoidalarning 3.1.2-bandida koʻrsatilgan xatti-harakatlarni amalga oshirgan shaxs.

“Kirim-chiqim” xizmati - mualliflik huquqiga ega “INSPIRED” MChJ XK (“Payme” savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi) tomonidan ishlab chiqilgan axborot va texnologiyalardan iborat yechimlar toʻplami. Ular yordamida Foydalanuvchi bank kartasi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar toʻgʻrisida ma’lumot olishi, xarajat/daromad statistikasini koʻrishi, bank kartasi yoʻqolgan boʻlsa, uni bloklashi hamda xizmat funksiyalarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin.

ID kodi - ishtirokchiga taqdim etiladigan noyob tartib raqami. Aynan shu kod yordamida jonli efirda gʻoliblar e’lon qilinadi.

3.1. Aksiyada ishtirok etmoqchi boʻlgan har bir talabgor shaxs quyidagi barcha shartlarni bajarishi va ularga rioya etishi shart:

3.1.1. “Payme” toʻlov xizmatining roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchisi boʻlishi;

3.1.2. 2023 yil 15 dekabr holatiga ko‘ra (soat 23:59 gacha) pullik “Kirim-chiqim” xizmati faol holatda boʻlishi;

3.1.3. Agar aksiya ishtirokchilari roʻyxatiga soxta yoʻl bilan va/yoki aksiya shartlarini buzgan holda kiritilgan boʻlsa, Tashkilotchi sovrinlar topshirilishini rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

3.2. Aksiya g‘oliblarini aniqlash tartibi:

3.2.1. 2023 yil 18 dekabrdan 2023 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda @payme_uz telegram-kanalida yashirin koʻrinishda foydalanuvchilarning telefon raqami hamda noyob tartib raqamini oʻz ichiga olgan ID koddan iborat fayl e’lon qilinadi. Noyob tartib raqamini oʻz ichiga olgan ID kod aksiyaning har bir ishtirokchisiga taqdim etilib, sovrinlar oʻyini bilan bir martalik jonli efir oʻtkaziladi. Mazkur jonli efir kompaniyaning Instagram ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasi orqali efirga uzatiladi. Oʻyinning aniq sanasi Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali oldindan e’lon qilinadi.

3.2.3. Boshlovchi tasodifiy tartibda generator yordamida tanlangan gʻoliblarni aniqlash uchun ishtirokchilarning ID kodlarini e’lon qiladi va shundan soʻng tashkilotchilar telefon raqami orqali bevosita gʻoliblar bilan bogʻlanadi. Bir nafar ishtirokchi faqat bir marta gʻolib boʻlishi mumkin. G‘olib ishtirokchining ID kodi qayta tanlanganda takroriy (qo‘shimcha ravishda) tanlov o‘tkaziladi.

3.2.4. Shuningdek, g‘oliblar Payme mobil ilovasidagi foydalanuvchi akkaunti orqali Push-xabarnoma olgan holda ham xabardor qilinadi. G‘oliblar haqidagi ma’lumotlar Payme ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham e’lon qilinadi.

3.2.7. G‘oliblar 2024 yil 8 yanvardan 22 yanvargacha bo‘lgan davrda Toshkent shahri, Fidokor ko‘chasi, 10 B uy (ish kunlari soat 10:00 dan 19:00 gacha) manzili bo‘yicha Tashkilotchining ofisiga shaxsan oʻzi kelishi shart.

3.2.8. Agar ishtirokchi 4-bandda koʻrsatilgan shartlarga rioya qilmasa, sovrin bekor qilingan hisoblanadi.

4. Sovrinlarni olish tartibi va shartlari.

4.1. Sovrinni olish uchun Aksiya g‘olibi Tashkilotchi xodimiga quyidagi ma’lumotlarni oʻziga qulay usulda taqdim etishi va yutuq amal qilish muddati davomida hujjatlarni koʻrsatishi kerak:

• Aksiya gʻolibi deb eʼtirof etilganligi haqidagi Push-xabarnoma va gʻolib deb tan olingan ID kod;
• egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti/ID-karta, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ravishda yashovchi chet el fuqarolari uchun yashash guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yashash guvohnomasi);
• Gʻolibning akkaunti Payme ilovasida ro‘yxatdan o‘tganda koʻrsatilgan mobil telefon raqami.

4.2. Aksiyada ishtirok etish shartlari, shu jumladan Sovrinlarni topshirish usullari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni 1350 telefon raqami orqali olish mumkin.

4.3. Sovrinni olish uchun Aksiya g‘olibi sovrinni topshirish to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni imzolashi, shuningdek, sovrinni topshirish jarayonini fotosurat va videoga olishda ishtirok etishi shart.

5. Boshqa shartlar

5.1. Tegishli maʼlumotlarni Tashkilotchining https://t.me/payme_uz Telegram kanalida joylashtirish orqali Tashkilotchi istalgan vaqtda shartsiz bir tomonlama tartibda mazkur Qoidalarga oʻzgartirish va/yoki qoʻshimchalar kiritish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

5.2. Aksiyada ishtirok etish Tashkilotchining Instagram ijtimoiy sahifalarida joylashtirilgan Qoidalarni Ishtirokchi tomonidan toʻliq va shartsiz ravishda qabul qilishini anglatadi, shu jumladan Tashkilotchi tomonidan oʻtkaziladigan reklama, marketing va boshqa dasturlar va oʻyinlarda ishtirok etish uchun, shuningdek, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda marketing va/yoki statistik va/yoki boshqa oʻrganish ishlarini olib borish, tovarlar, ishlar, xizmatlarni ilgari surish, Ishtirokchini Tashkilotchi tomonidan taklif etilayotgan yangi xizmatlari, maxsus takliflari va reklama aksiyalari, chegirmalar va bonuslar tizimlari toʻgʻrisida xabardor qilish, turli xil aloqa vositalaridan foydalangan holda Ishtirokchi bilan bevosita bogʻlanish orqali, shu jumladan (cheklanmagan holda) pochta joʻnatmasi yordamida, Ishtirokchining elektron pochta manziliga pochta yuborish, mobil telefon orqali (SMS-xabar) tegishli ma’lumotlarni, Push-xabarnomalarni, “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 4-moddasining mazmunida reklama tushunchasiga mos keladigan ma’lumotlarni yuborish orqali Tashkilotchi va uchinchi shaxslarning birgalikda taqdim etilayotgan xizmatlari, mahsulotlari (tovar, ishlar, xizmatlar) haqida xabardor qilish uchun, shuningdek, Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida, xususan, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish maqsadida ilovada roʻyxatdan oʻtishda Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash uchun Ishtirokchi bildirgan roziligini anglatadi.

5.3. Ishtirokchi oʻz xohishi va oʻz manfaatlariga koʻra harakat qilib Aksiyada ishtirok etishi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiq ishtirok etish orqali Tashkilotchiga (O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini va ularni qayta ishlash jarayonida shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda) quyidagilar boʻyicha, ya’ni shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlashga (to‘plash, yozib olish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, tasdiqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, tarqatish, taqdim etish, uzatish (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududida uzatish), Tashkilotchi va uning kontragentlari tomonidan Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan avtomatlashtirish vositalaridan va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan, boshqa dasturiy ta’minotdan foydalangan holda shaxssizlantirish, bloklash va yoʻq qilish, shu bilan birga Ishtirokchining shaxsga doir ma’lumotlarini mexanik yoʻl bilan, avtomatlashtirilgan va aralash usulda hamda Tashkilotchi va uning kontragentlarining ichki tarmogʻi orqali, Internet orqali uzatish va uzatmasdan ishlov berishga o‘z roziligini beradi. Ishlov berish usullari zarur mezonlarga koʻra ma’lumotlar bazasini segmentatsiyalashni oʻz ichiga oladi.

5.4. Ushbu rozilik Ishtirokchi tomonidan unga tegishli boʻlgan ma’lumotlarga, Ishtirokchining istalgan shaxsga doir ma’lumotlariga, shu jumladan familiyasi, ismi, otasining ismi, jinsi, tug‘ilgan yili, oyi va sanasi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida, xususan, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ma’lumotlari) pasport raqami, berilgan sana, pasport bergan organning nomi va roʻyxatdan oʻtkazish ma’lumotlari, soliq toʻlovchining shaxsiy raqami, mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzili va bank kartasi raqami hamda Sovrinni olish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlarga nisbatan yuqorida koʻrsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan va kutilgan xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun beriladi.

5.5. Mazkur Qoidalarga muvofiq Ishtirokchining shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlashga jalb etiladigan uchinchi shaxslarni tanlash huquqi Tashkilotchiga beriladi va qoʻshimcha kelishib olish talab etilmaydi. Tashkilotchi tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

5.6. Aksiyada ishtirok etish orqali Tashkilotchining quyidagi rasmiy tarmoqlarida, ya’ni
https://www.instagram.com/payme.uz/ ,
https://t.me/payme_uz,
https://www.facebook.com/payme.uz/,
shu jumladan bosma nashrlarda, radio va telekoʻrsatuvlarda, Internet ommaviy axborot vositalarida va axborotni ommaviy tarqatishning boshqa vositalarida hamda (cheklovsiz) Instagram, VKontakte, Facebook, Telegramda o‘zining ismi, familiyasi, otasining ismi va rasmini (fotosurat va video) joylashtirishga ham o‘z roziligini bildiradi

5.7. Mazkur Qoidalarga rioya etilmagan taqdirda Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisini Aksiyada ishtirok etishdan shartsiz tartibda chetlashtirishga haqli. Shuningdek, Tashkilotchi bu Ishtirokchi(lar)ga nisbatan oʻz xatti-harakatlariga izoh bermaslik huquqiga ega.

5.8. Aksiya Ishtirokchisi oʻzi haqida notoʻgʻri va/yoki xato ma’lumotlar taqdim etishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday salbiy oqibatlarning xavfini toʻliq hajmda oʻz zimmasiga oladi.

5.9. Ushbu ragʻbatlantiruvchi tadbirga muvofiq Aksiya Gʻolibini aniqlash natijasi yakuniy hisoblanib, tortishuvga sabab boʻlishi mumkin emas.

5.10. Aksiya Ishtirokchisi Aksiya Tashkilotchilariga murojaat qilgan holda istalgan vaqtda Aksiyada ishtirok etishidan voz kechishga haqli.

5.11. Tashkilotchi Aksiya ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs uchun Aksiyani oʻtkazish yoki Sovrinni olish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha va har qanday sarf-xarajatlarni qoplamaydi.

5.12. Tashkilotchi telekommunikatsiya va energetika tarmoqlaridagi nosozliklar, zararli dasturlar, shuningdek, Tashkilotchining dasturiy va/yoki apparat majmuasiga ruxsatsiz kirishga va/yoki uning ishdan chiqishiga qaratilgan uchinchi shaxslarning insofsiz xatti-harakatlari sababli o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgar emas.

5.13. Agar kompyuter viruslari, nuqsonlar, manipulyatsiyalar, ruxsatsiz aralashuvlar, qalbakilashtirish, texnik nosozliklar yoki Tashkilotchining nazorati ostida boʻlmagan har qanday sabablarga koʻra va natijada Aksiyaning bajarilishi, xavfsizligi, adolatliligi, yaxlitligini buzadigan yoki ta’sir qiladigan biron-bir sabablar bilan bogʻliq holda Aksiya yoki uning bir qismi rejalashtirilgandek amalga oshirilmasa, Tashkilotchi bir tomonlama tartibda Aksiya oʻtkazilishini toʻxtatish yoki toʻxtatib turish yoxud alohida Ishtirokchilarni chetlatish huquqiga ega.

5.14. Tegishli ma’lumotlarni veb-saytda/mobil ilovada joylashtirish orqali Tashkilotchi shartsiz ravishda va istalgan vaqtda, shuningdek, Ishtirokchini oldindan shaxsan ogohlantirmasdan mazkur Qoidalarga oʻzgartirish va/yoki qoʻshimchalar kiritish yoki Aksiya oʻtkazilishini toʻxtatish/toʻxtatib turish/bekor qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi.