25-noyabrdan payme ofertasi shartlari o‘zgaradi

2026-yil 25-noyabrdan payme ilovasidan foydalanish bo‘yicha ofertaning yangi tahriri kuchga kiradi. Nimalar o‘zgarishi va to‘plangan keshbekni qanday saqlab qolish mumkinligini tushuntiramiz.

2026-yil 25-noyabrdan payme ilovasidan foydalanish bo‘yicha ofertaning yangi tahriri kuchga kiradi. Nimalar o‘zgarishi va to‘plangan keshbekni qanday saqlab qolish mumkinligini tushuntiramiz.

Platforma.uz Telegram kanalida foydalanuvchining Visa kartasidan pul o‘tkazish uchun undirilgan komissiya haqidagi murojaati e’lon qilindi.
payme jamoasi murojaat muallifi bilan bog‘lanib, komissiyani hisoblash tartibini tushuntirdi va ofertaning tegishli bandiga havola taqdim etdi. Komissiya servisning amaldagi shartlariga muvofiq hisoblangan. Masala foydalanuvchi bilan individual tartibda hal etildi.

Yagona obuna payme +PLUS va TBC +PLUS afzalliklarini birlashtiradi: bitta obuna payme va TBC ilovasida amal qiladi.

Xalq Nazorati telegram kanalida payme orqali xarid qilingan aviachipta uchun to‘lovni qaytarish masalasi yuzasidan foydalanuvchining murojaati e’lon qilindi.
payme jamoasi murojaatni ko‘rib chiqdi, mijoz va aviakompaniya bilan bog‘landi hamda masalaning hal etilishiga yordam berdi.
payme uchun foydalanuvchilar o‘zlarini qo‘llab-quvvatlangan his qilishlari va zarur paytda yordam ola olishlarini bilishlari muhim. Har bir murojaat e’tibor talab qiladigan jihatlarni aniqlash va xizmatimizni yanada yaxshilashga yordam beradi.

Taklif 2026-yil 5-oktyabrdan 31-dekabrgacha amal qiladi.
UZCARD va payme Tez QR orqali to‘lov uchun 3% keshbek bilan qo‘shma aksiyani yo‘lga qo‘ymoqda. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekistonning 11 viloyatida: Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazmda bo‘lib o‘tmoqda.

6-oktabrdan TBC Plus va payme plus yagona obunaga birlashtirildi. 28-oktabrdan esa ushbu obuna doirasida TBC Salom kartasidan oʻtkazmalar limiti yangilanmoqda. Quyida qaysi shartlar oʻzgargani va qaysilari oʻz holicha qolganini koʻrib chiqamiz.

payme to‘lov xizmati va “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i to‘lov xizmati Korzinka Plus kartasini rasmiylashtirish hamda xaridlar uchun to‘lash jarayonini yanada qulaylashtirishdi. 21-sentyabrdan boshlab payme foydalanuvchilari kartani bevosita ilovada rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi. Karta ochilgandan so‘ng, u avtomatik ravishda payme platformasiga qo‘shiladi, shuning uchun foydalanuvchilardan qo‘shimcha amallar bajarish yoki boshqa xizmatlarga o‘tish talab etilmaydi, bu esa vaqtni tejaydi va kartaning olinishini osonlashtiradi.

payme xizmatdan foydalanishni yanada qulay va manfaatli qilish maqsadida payme plus obunasini yangilamoqda. Endi odatiy payme plus oʻrniga payme va TBC Bank afzalliklarini oʻzida jamlagan yagona obuna joriy etiladi.

payme jamoasi ilovadan foydalanish har doim qulay, xavfsiz va ishonchli bo‘lishi uchun doimiy ravishda ishlaydi. Shu sababli ommaviy ofertaga xizmatdan foydalanish shartlarini yanada tushunarli va shaffof qiladigan rejalashtirilgan o‘zgartirishlar kiritildi.

Firibgarlar doim aldovning yangi usullarini o‘ylab topishadi: banklar va davlat idoralari nomidan qo‘ng‘iroq qilishadi, akkauntlarni buzib kirishadi, soxta do‘konlar yaratishadi va “shubhali operatsiyalar” bilan qo‘rqitishadi. Ushbu maqolada firibgarlar ishlatadigan hiylalar, aldovni o‘z vaqtida aniqlash hamda pulingiz va ma’lumotlaringizni himoya qilish yo‘llari haqida aytib beramiz.