Перейти к основному содержимому

Payme’da identifikatsiyani to‘ldiring va o‘nta yangi iPhone’dan birini yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiriting.

· 2 мин. чтения

Yangi iPhone 15 Pro-ga ega bo'lishni xohlaysizmi? Payme sizga bu imkoniyatni taqdim etadi! Buning uchun aksiyamizda ishtirok eting.

img alt

Ishtirok etish shartlari

Ishtirok etish uchun joriy yilning 17-martiga qadar Payme ilovasida masofaviy identifikatsiyadan o‘tish kerak. Bo‘ldi, tabriklaymiz, shundan so‘ng siz o‘yindasiz! Agar siz avval identifikatsiya jarayonidan o‘tgan bo‘lsangiz, siz avtomatik ravishda yangi iPhone aksiyasi qatnashchilari ro‘yxatiga kirasiz.

Sovrinlar

Aksiya doirasida 10 ta yangi iPhone 15 Pro 128 Gb o‘ynaladi.

Nima uchun identifikatsiyadan o‘tish muhim?

Identifikatsiyani yakunlash orqali siz Payme ilovasida qo‘shimcha funksiyalarni ochasiz va kundalik vazifalaringizni hal qilishga yordam beradigan xizmatlar doirasini kengaytirasiz. Masalan, PaymeCard elektron hamyonini ochish va to‘liq foydalanish, elektron hamyonni bank kartasi sifatida ishlatish imkoniyati, TBC Bankdan onlayn kredit olish uchun ariza topshirish, p2p o‘tkazmalari bo‘yicha limitlarni oshirish, Goals elektron pul yig’ish bankidan foydalanish va ilovada mavjud bo'lgan boshqa xizmatlar.

G'oliblarni aniqlash

Identifikatsiyadan o‘tgan barcha ishtirokchilarga shaxsiy tartib raqami beriladi. Ishtirokchilar ro‘yxati 17-martdan keyin Payme Telegram kanalida e’lon qilinadi. Sovrinlar o‘yini 18-mart kuni Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi Payme rasmiy sahifasida jonli ravishda o‘tkaziladi.

Xizmatni 2024-yil 17-martgacha faollashtirgan barcha Payme foydalanuvchilari aksiyada ishtirok etishlari mumkin.

Hoziroq identifikatsiyadan o‘ting va yangi iPhone’lardan biri sizniki bo‘lishi mumkin! O‘yin bo‘yicha batafsil ma’lumotni olish uchun 1350 raqamiga qo‘ng’iroq qiling.

Batafsil shartlar bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

Sizga omad tilaymiz! Chempionlar.