Перейти к основному содержимому

"Payme" AJni ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risida xabarnoma

· O‘qish vaqti: 1 daqiqa

img alt

«Payme» aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) Jamiyatning yagona aksiyadori tomonidan 2026-yil 5-martda qabul qilingan qarorga asosan, Jamiyatdan mas’uliyati cheklangan jamiyatni ajratib chiqarish yo‘li bilan uni qayta tashkil etish jarayoni boshlanganini ma’lum qiladi.

Qayta tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartib va shartlar asosida amalga oshiriladi. Tuzilgan barcha shartnomalar bo‘yicha Jamiyatning huquq va majburiyatlari Jamiyatning o‘zida saqlanib qoladi hamda yangi tashkil etilayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga o‘tkazilmaydi.

Jamiyat kreditorlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda Jamiyatning qayta tashkil etilishi munosabati bilan o‘z talablarini qo‘yishga haqlidir.

Kreditorlarning talablari yozma shaklda Jamiyat joylashgan manzilga yuborilishi mumkin.