Перейти к основному содержимому

Korzinka Plus sodiqlik kartasini endi payme ilovasida ochtirish mumkin

· O‘qish vaqti: 2 daqiqa

img alt

payme to‘lov xizmati va “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i to‘lov xizmati Korzinka Plus kartasini rasmiylashtirish hamda xaridlar uchun to‘lash jarayonini yanada qulaylashtirishdi. 21-sentyabrdan boshlab payme foydalanuvchilari kartani bevosita ilovada rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi. Karta ochilgandan so‘ng, u avtomatik ravishda payme platformasiga qo‘shiladi, shuning uchun foydalanuvchilardan qo‘shimcha amallar bajarish yoki boshqa xizmatlarga o‘tish talab etilmaydi, bu esa vaqtni tejaydi va kartaning olinishini osonlashtiradi.

Yangi imkoniyat payme va Korzinka o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirib, sodiqlik kartasini rasmiylashtirish va xaridlar uchun to‘lash amallarini bitta ilova doirasida birlashtiradi.

Korzinka Plus kartasi payme ilovasiga qo‘shilganda, foydalanuvchilarga “Keyinroq to‘lash” xizmatining maxsus shartlari taqdim etiladi, yaʼni:

• “Korzinka” tarmogʻidagi xaridlarga 30 kun ichida ortiqcha xarajatlarsiz to‘lash mumkin boʻladi;
• agar avvalroq boshqa sodiqlik kartalari xizmatga ulanmagan boʻlsa, joriy tasdiqlangan kechiktirish limiti 100 000 so‘mga oshiriladi.

Ushbu shartlardan foydalanish uchun payme xizmatidagi “Sodiqlik kartalari” bo‘limiga Korzinka Plus kartasini qo‘shish va to‘lov paytida “Keyinroq to‘lash” xizmatini tanlash kifoya.

“Korzinka” bilan integratsiya foydalanuvchi tajribasini yanada ravonlashtiradi: endi mijoz sodiqlik kartasini rasmiylashtirishi va turli xizmatlar orasida almashmasdan payme orqali xaridlarga toʻlovni amalga oshirishi mumkin. Biz doimiy ravishda qo‘shma raqamli yechimlar imkoniyatlarini kengaytirish va foydalanuvchilarimizning kundalik ehtiyojlariga javob beradigan xizmatlarni yaratish ustida ishlamoqdamiz”, - deb taʼkidladi payme bosh ijrochi direktori Stanislav Skvirskiy.

“Korzinka” mijozlari uchun payme ilovasida uzoq vaqtdan beri 30 kungacha bo‘lib to‘lash limiti mavjud. Agar biror sabab tufayli hali sizda Korzinka Plus kartasi bo‘lmasa, endi uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri payme ilovasining oʻzida rasmiylashtirishingiz mumkin”, - dedi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i marketing departamenti direktori Malik Karimov.

Xaridlar uchun payme go orqali to‘lov amalga oshirilganda, quyidagi bonuslar avtomatik ravishda hisoblanadi:

• Korzinka Plus kartasiga 3% gacha keshbek;
• payme xizmatidagi keshbek balansiga +1% (payme plus obunasi bilan sarflash mumkin, birinchi oy bepul).
• Soliq ilovasida +1% keshbek.

Ilovalarni quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin: payme va Korzinka.

payme va Korzinka o‘rtasidagi integratsiya raqamli xizmatlarni rivojlantirishga yordam beradi va odatiy raqamli muhitda yangi imkoniyatlarni taqdim etib, mijozlarga foydalanish jarayonini yanada qulaylashtiradi.

“Keyinroq toʻlash” xizmati uchinchi shaxs – “TBC BNPL” MCHJ tomonidan koʻrsatiladi. Batafsil maʼlumot uchun havola.