Перейти к основному содержимому

Yangi vidjet va toifalar boʻyicha guruhlash

· 2 мин. чтения

img alt

Biz sizni yangilanishlar bilan xursand qilishda davom etamiz. Yaqinda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra biz to‘lov xizmatini yaxshilash ustida ishlashimiz kerak degan xulosaga keldik. Yangilanishlar raqam uchun to‘lov xizmatiga tegishli bo‘lib, natijada ushbu xizmat asosiy ekranda vidjet va xizmat yetkazib beruvchilarni toifalar bo‘yicha guruhlash ko‘rinishida ko‘rsatildi.

Mobil xizmatlar uchun to‘lov vidjeti

Mobil aloqa uchun to‘lovni foydalanuvchilar orasida eng katta talabga ega deb aytish mumkin. Tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, "+998" kodini foydalanuvchilar mobil raqam bilan oson bog‘laydilar. Shuni hisobga olib, biz ushbu xizmatdan tezkor foydalanish imkonini beruvchi va intuitivligi bilan ajralib turuvchi qulay vidjet yaratdik.

img alt

Vidjet asosiy ekranning o‘rtasida joylashgan. Bosilganda, telefon raqamini qo‘lda kiritish yoki undan ham qulayrog‘i - kontaktlar ro‘yxatidan tanlash mumkin bo‘lgan yangi oyna ochiladi. Keyin hammasi odatdagidek bajariladi – miqdorni kiritib, to‘lash tugmasini bosish kerak.

To‘lov toifalari bo‘yicha guruhlash

Oldingi yangilanishda biz "Xizmatlar uchun to‘lov" va "Joylarda to‘lash" xizmatini bitta umumiy "To‘lov" bo‘limiga birlashtirdik. Endi foydalanuvchilarga yanada qulayroq boʻlishi uchun xizmat yetkazib beruvchilar toifalar bo‘yicha ajratildi. Gorizontal aylantirish orqali barcha 20 ta toifani, shu jumladan "Kommunal xizmatlar", "Mobil operatorlar", "Internet provayderlar", "Internet do‘konlar" va boshqa toifalarni ko‘rish mumkin. Ushbu o‘zgarishlar sizga kerakli yetkazib beruvchini, ayniqsa, agar u saqlangan to‘lovlarda yo‘q bo‘lsa va siz qidiruv funksiyasidan foydalanishni yoqtirmasangiz, tezda topish imkonini beradi. img alt