«Identifikatsiya» aksiyasini o’tkazish qoidalari

1. Umumiy qoidalar
1.1 Ushbu Qoidalar shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Ushbu Qoidalar ishtirok etish shartlari, G‘oliblarni aniqlash va Sovrinni topshirish tartibi, shuningdek YTT MChJ «INSPIRED» tomonidan tashkil etilgan Foydalanuvchilarni masofaviy identifikatsiya qilish aksiyasini tashkil etish va o‘tkazishning boshqa muhim shartlarini tavsiflaydi.
1.2. Ishtirokchining ushbu Qoidalarning 3.1-bandida ko'rsatilgan barcha shartlarni bir vaqtning o'zida bajarishi Aksiyada ishtirok etishga rozilik va ushbu Qoidalarda belgilangan barcha shartlarni so'zsiz qabul qilishini bildiradi
1.3. Ushbu Qoidalar «Payme» toʻlov xizmatini ommalashtirishga qaratilgan ragʻbatlantiruvchi tadbir boʻlib, keyinchalik «Aksiya» deb atalib, Foydalanuvchilarni masofadan identifikatsiya qilish aksiyasini tashkil etish va oʻtkazish tartibini tartibga soladi.
1.4. Aksiya tashkilotchisi YTT MChJ «INSPIRED», («Payme» savdo belgisi egasi), yuridik manzili: Toshkent, 100015, Fidokor ko‘chasi 10 B; tel.: (71)150-22-25; 150-22-26, keyinchalik matnda «Tashlkilotchi» deb ataladi.
1.5. Aksiya g‘olibi O‘zbekiston Respublikasining 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan har qanday fuqarosi – jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin, Aksiya Tashkilotchisi xodimlari (Tashkilotchi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar), shuningdek jonli efir (tanlov) davomida boshlovchi sifatida taklif qilingan shaxslar bundan mustasno.
1.6. Ushbu Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan oʻyin emas hamda Aksiya ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bogʻliq mulkiy tavakkalchiliklarga ega emaslar. Aksiyaning mukofot jamg'armasi faqat Tashkilotchi mablag'lari hisobidan shakllantiriladi.
1.7 Aksiya muddati:
Boshlanish sanasi «14» 2024 yil fevral (00:01 dan). Tugash sanasi «17» 2024 yil mart (23:59 gacha).
1. Aksiya G’oliblarini aniqlash sanasi:
Mukofot g‘oliblari Ishtirokchilar orasida 21-martdan 26-martgacha bo‘lgan davrda tasodifiy tanlov generatoridan foydalangan holda jonli efirda bir marta aniqlanadi. Jonli efirning aniq sanasi va vaqti Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali oldindan e’lon qilinadi.
2. Aksiya mukofot jamg’armasi
2.1. Aksiyaning mukofot jamg'armasi Aksiya tashkilotchisi mablag'lari hisobidan shakllantiriladi va faqat Aksiya g'oliblariga Sovrinlarni berish uchun foydalaniladi.
2.2. Umumiy mukofot jamg'armasi xotira hajmi 128 gigabaytli 10 ta «iPhone 15 Pro» smartfonlarini tashkil qiladi
2.3. Soliq kodeksining 369-moddasi ikkinchi qismining 14-bandiga muvofiq, Tashkilotchining ushbu Aksiya doirasida g‘olib-jismoniy shaxslar foydasiga qilgan xarajatlari (sovrin berish) soliq to‘lovchining daromadi hisoblanmaydi
2.4. Tashkilotchi Sovrinlar ro'yxatini o'zgartirish yoki kengaytirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
2.5. Butun Aksiya davomida bir shaxs faqat bir marta g'olib deb e'lon qilinishi mumkin .