25-noyabrdan payme ofertasi shartlari o‘zgaradi

2026-yil 25-noyabrdan payme ilovasidan foydalanish bo‘yicha ofertaning yangi tahriri kuchga kiradi. Nimalar o‘zgarishi va to‘plangan keshbekni qanday saqlab qolish mumkinligini tushuntiramiz.
Ofertada nimalar yangilanadi?
Ofertaga sodiqlik dasturlari haqidagi bo‘lim qo‘shildi. Unda foydalanuvchilarning ushbu dasturlarda ishtirok etish tartibi belgilangan.
Alohida payme plus obunasi bo‘yicha keshbek
6-oktabrgacha payme plus obunasini alohida ulash mumkin edi. 2026-yil 25-noyabrdan ushbu obuna bo‘yicha keshbek amal qilishdan to‘xtaydi.
• 24-noyabr kuni ham keshbek amaldagi shartlar asosida hisoblanadi va undan foydalanish mumkin bo‘ladi.
• 25-noyabrdan boshlab alohida obuna bo‘yicha keshbek hisoblanmaydi va undan avvalgi shartlar asosida foydalanib bo‘lmaydi.
To‘plangan keshbek yo‘qolmaydi
Agar siz yangi «Novvot» koalitsion sodiqlik dasturiga qo‘shilsangiz, barcha to‘plangan keshbekingiz to‘liq miqdorda ushbu dasturga o‘tkaziladi. Undan yangi dastur shartlari asosida foydalanish mumkin bo‘ladi. Dasturga payme ilovasida qo‘shilish mumkin.
Batafsil ma’lumot
Ofertaning to‘liq matni bilan havola. Savollaringiz bo‘lsa, 1350 raqami orqali qo‘ng‘iroqlar markaziga murojaat qiling yoki payme ilovasidagi qo‘llab-quvvatlash xizmatiga chat orqali yozing.
date: 2026-11-09 image: https://cdn.payme.uz/blog/images/ru/img_placeholder/01.webp
Изменения в оферте payme с 25 ноября

С 25 ноября 2026 года вступает в силу новая редакция оферты на использование приложения payme. Рассказываем, что меняется и как сохранить накопленный кешбэк.