Oʻtkazib berilgan ish haqi toʻgʻrisida ma’lumot olish
· O‘qish vaqti: 1 daqiqa
Payme’da oʻtkazib berilgan ish haqi toʻgʻrisida qanday qilib ma’lumot olish mumkin?

Xizmatdan foydalanish uchun Payme ilovasida foydalanuvchini identifikatsiyalash jarayonidan oʻtish kerak.
Batafsil video ko'rsatma:
1-qadam
Payme ilovasiga kiring va “Servislar” boʻlimiga oʻting

2-qadam
“Ma’lumotnomalar va davlat xizmatlari” servisini tanlang

3-qadam
“Ma’lumotnomalar” toifasini tanlang

4-qadam
“Ish haqi toʻgʻrisida ma’lumot olish” xizmatini tanlang

5-qadam
Xizmatning qisqacha tavsifi bilan tanishib chiqing va “Oldinga” tugmasini bosing

6-qadam
Sizga necha oy boʻyicha ma’lumot kerakligini koʻrsating va “Oldinga” tugmasini bosing

7-qadam
Ekranda koʻrsatilgan davr boʻyicha oʻtkazib berilgan ish haqi toʻgʻrisida ma’lumot paydo boʻladi.
