payme “payme people” sodiqlik dasturini yangilamoqda

payme xizmatni takomillashtirib, kundalik to‘lovlarni yanada oson va foydali qilish ustida ishlashda davom etmoqda. Eng asosiysi, kompaniya o‘z foydalanuvchilarining fikrlarini inobatga oladi. Shu sababli, “payme people” sodiqlik dasturi doirasida ballar berish o‘rniga endi tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarga 1% keshbek taqdim etiladi. Keshbek payme plus obunasi egalari uchun allaqachon ilovada mavjud.
payme people dasturida to‘plangan ballar o‘z kuchini saqlab qoladi. Ulardan payme people bo‘limida hech qanday cheklovlarsiz foydalanish mumkin. Shu bilan birga, 2025-yil 12-avgustdan boshlab yangi ballar hisoblanishi to‘xtatiladi.
Agar sizda savollar tug‘ilsa, payme qo‘llab-quvvatlash xizmatiga 1350 qisqa raqami yoki ilovadagi chat orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Dasturdagi o‘zgarishlar — har bir foydalanuvchi uchun xizmatni yanada soddaroq, tushunarliroq va foydaliroq qilish sari tashlangan navbatdagi qadamdir.