payme to‘lov servisi payme plus obunasining imkoniyatlarini kengaytirib, ilovaga keshbekni qo‘shmoqda

Toshkent, O‘zbekiston, 2025-yil 25-avgust — Mamlakatdagi eng yirik to‘lov xizmatlaridan biri bo‘lgan va TBC Uzbekistan raqamli bank ekotizimi tarkibiga kiruvchi payme ilk bor keshbekni ishga tushirdi — payme plus obunasidagi “Hammasi ichida” tarifidan foydalanuvchilar uchun to‘lovlardan 1%.
2024-yil noyabrida joriy qilingan oylik obuna mahsulotlar qatorini rivojlantirish va mijozlar tajribasini mustahkamlashda muhim unsurga aylandi. Xizmat mijozlarni yanada faol jalb etadi, ekotizimdagi bir nechta mahsulotlardan bir vaqtda foydalanishni rag‘batlantiradi hamda brendga sodiqlikni kuchaytirib, bir foydalanuvchidan olinadigan o‘rtacha daromadni oshiradi.
Obuna mijozlarga qo‘shimcha qiymatga ega moliyaviy va lifestyle-xizmatlar paketidan foydalanish imkonini beradi. Keshbekdan tashqari, “Hammasi ichida” tarifi oyiga 5 million so‘mgacha Humo va Uzcard kartalari o‘rtasida komissiyasiz o‘tkazmalarni, Yandex Plus va Setanta Sports xizmatlariga ulanishni, keyinroq to‘lovni ko‘paytirilgan limiti va barcha kirim chiqimlarni nazorat qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Stanislav Skvirskiy, payme`ning bosh direktori: ««payme mahsulotlar qatorini kengaytirish va mijozlar tajribasini takomillashtirish strategiyasini davom ettiradi — odamlarning hayotini yanada qulay qilish uchun. Bugun moliyaviy xizmatlarga obunalar foydalanuvchilarning odatlarini o‘zgartirmoqda va aqlli pul boshqaruvi bo‘yicha yangi standartlarni belgilamoqda — iyul oxiriga kelib, payme plus obunasida allaqachon 250 mingdan ortiq faol oylik foydalanuvchi bor.
Biz keshbekni qo‘shdik, shunda to‘lovlar nafaqat oddiy va xavfsiz, balki haqiqiy foyda ham keltiradi. Maqsadimiz — payme mijozlari barcha imkoniyat va qulayliklarni birgina xizmatda olishlarini ta’minlashdir».payme plus obunasining imkoniyatlari kengayishi TBC Uzbekistan ekotizimidagi boshqa innovatsion o‘zgarishlar fonida amalga oshmoqda. Ularning barchasi mijozlarni yanada ko‘proq jalb etishga, ularning sodiqligini oshirishga va yangi daromad manbalarini yaratishga qaratilgan. 2025-yil fevralidan boshlab payme xizmat rivojida jiddiy qadam tashladi — 4,4 milliondan ortiq foydalanuvchi identifikatsiyadan o‘tdi. Yozda identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar uchun bir martalik P2P o‘tkazma limiti 99 million so‘mgacha oshirildi va bu jarayonlarni yanada qulay qildi. Shuningdek, Visa kartasiga telefon raqami orqali o‘tkazma qilish imkonini beruvchi Visa+ xizmati qo‘shildi va kundalik moliyaviy mavzularni sodda tilda yorituvchi Nech Pul onlayn nashri ishga tushirildi. payme startidan beri 3,5 mingdan ortiq sotuvchini birlashtirdi.
Keyingi bosqich — keng qamrovli redizayn, GUBDD jarimalarini to‘lash va kuzatish tizimini integratsiya qilish, shuningdek, lifestyle yo‘nalishini rivojlantirish: payme tickets va payme aviani birlashtirish hamda BNPL xizmatini payme plus doirasida kengaytirishdir.
payme haqida
payme — O‘zbekistondagi eng yirik to‘lov xizmatlaridan biri bo‘lib, TBC Uzbekistan — Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi tarkibiga kiradi. Xizmat tezkor o‘tkazmalar, onlayn to‘lovlar, payme plus obunasi, biznes uchun vositalar va qulay mobil platformani taqdim etadi. Mamlakatdagi eng ko‘p yuklab olingan moliyaviy ilovalardan biridir.