Перейти к основному содержимому

“Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida”: Umida qanday qilib do'stini tug'ilgan kuni bilan tabriklay oldi

· 2 мин. чтения

img_alt

Instagram #PaymeHayotiyYechimlar xeshtegi ostida tanlov o‘tkazdi. Unda siz, bizning Payme foydalanuvchilari Instagram Stories'da, servis hayotdagi muammolarni hal qilishga yordam bergani haqida hikoyalar bilan o‘rtoqlashdingiz.

Yangi materialda chinakam do‘stlik hikoyasi o‘rin olgan bo‘lib, unda sovg‘a kechikib, bayram allaqachon yetib kelganida Umida yaqinini xursand qila olgan.

"Qachonki bayram kayfiyati qaror qabul qilish tezligiga bog'liq"



Odamlar uchun haqiqatan ham muhim bo'lgan uzoq yillik do'stlikga hech qanday masofa xalaqit bermaydi. Hikoya qahramoni Umida yaqin do'stini tug‘ilgan kuni bilan tabriklashga qaror qildi. U sovg'a sotib oldi va uni boshqa shaharga yetkazib berish xizmati orqali jo'natdi. Qiz hamma narsani hisoblab chiqdi: syurpriz do’stining tug'ilgan kunida sodir bo'lishi kerak edi, ammo kutilmagan holatlar tufayli sovg'a yo'lda ushlanib qoldi.


Umida juda xafa edi: uning butun rejasi buzildi va tug'ilgan kun sohibi sovg'asiz qoldi. Zudlik bilan "B rejasi" ni ishlab chiqish kerak edi va qiz eng yaxshi yechimni topdi: u akasidan do'stining sevimli shirinliklarini sotib olishni va ularni tantanali ravishda topshirishni so'radi. Bir kichik narsa qoldi: akasiga pul jo'natish. Afsuski, telefonda o'rnatilgan birorta ham dastur ishlamadi.


Vahima ichida Umida dugonasiga sms yozdi, maslahat so'radi va javob oldi: "Payme orqali sinab ko'rdingmi?" Qiz hatto bunday dastur haqida eshitmagan edi, shuning uchun u tezda uni yuklab olib, ro'yxatdan o'tdi. Pul birinchi urunishda o'tkazildi.


Umida “Stories”ida Payme bilan ilk tanishuvi haqidagi hikoyasini aytib o‘tdi: “Ilova hammaning telefonida bo‘lishi kerak. U bilan yordam har doim kerakli vaqtda keladi.