Перейти к основному содержимому

To’lovlarni bekor qilish

· 1 мин. чтения

img_alt

Bizning qo’ng’iroqlar markazimizga xato yuborilgan to’lovlarni bekor qilishni so’rab ko’plab murojaatlar bo’lardi. Biz ushbu jarayonni avtomatlashtirishga qaror qildik. Endi qo’ng’iroq qilib tushuntirish uchun vaqt ketgazishga hojat qolmadi. Agar siz noto’g’ri raqam kirgizib, notanish hisobga pul to’lagan bo’lsangiz, hosil bo’lgan chekda «Bekor qilish» tugmasini bosishingiz mumkin. Tizim ariza shakllantiradi va bekor qilishning imkoni bo’lsa pulingiz kartangizga qaytariladi. Xizmat bepul taqdim etiladi. img_alt

Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, barcha to’lovlarni ham bekor qilib bo’lmaydi. Uyali aloqa, internet, telefon va shu kabi to’lovlarni bekor qilishga ariza yuborish mumkin. Joylarda to’lov orqali sotib olingan tovar va xizmatlar, kartadan kartaga pul o’tkazish va shular kabi to’lovlarni bekor qilib bo’lmaydi.

Mobil ilovani yuklab olish