payme foydalanuvchilari UzQR orqali xaridlarni komissiyasiz to‘lashlari mumkin
· O‘qish vaqti: 1 daqiqa

payme orqali to‘lov bir necha soniyada amalga oshiriladi: buning uchun kassadagi QR-kodni skanerlash kifoya, shundan so‘ng ilova avtomatik ravishda to‘lov ma’lumotlarini yuklaydi. Foydalanuvchi faqat to‘lov summasini kiritib, operatsiyani tasdiqlashi kerak bo‘ladi.
Barcha to‘lovlar payme’ning himoyalangan infratuzilmasi orqali amalga oshiriladi, operatsiyalar tarixi va har bir tranzaksiya tafsilotlari esa ilovada real vaqt rejimida ko‘rinadi.
Yangi imkoniyat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yagona QR-to‘lov tizimi — UzQRni joriy etish qoidalari doirasida ishga tushirildi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab QR-kod orqali to‘lov qabul qilish mamlakat bo‘ylab savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari uchun majburiy bo‘ladi.