Перейти к основному содержимому

payme ilovadan foydalanish shartlarini yangilaydi

· O‘qish vaqti: 1 daqiqa

img alt

Payme — ilovadagi barcha tranzaksiyalar xavfsiz o‘tishi uchun doimo harakat qiladigan ishonchli xizmat. Hammasi allaqachon barqaror ishlamoqda va jamoa ilovadan yanada xotirjamroq foydalanish uchun himoyani kuchaytirishda davom etmoqda.

Shu sababli, Payme ilovadan foydalanish to‘g‘risida ommaviy ofertani yangiladi — u axborot va kiberxavfsizlik talablarini inobatga olgan holda to‘ldirildi. Bu foydalanuvchi ma’lumotlarini yanada samaraliroq himoyalash hamda masofaviy moliyaviy operatsiyalarda firibgarlik xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Shuningdek, tariflar ham aktuallashtirildi: Payme Plus obunasi ofertasiga keshbek bo‘yicha aniqliklar, “Keyinroq to‘lash” servisi doirasidagi ofertaga esa qo‘shimcha tushuntirishlar kiritildi. Shu bilan birga, ushbu mahsulotlarning asosiy shartlari o‘zgarishsiz qoladi.

Yangilanishlar bilan havola orqali tanishish mumkin: https://payme.uz/home/documents