Перейти к основному содержимому

«Payme foydalanuvchilarining hayotiy hikoyalari asosida»: Munira dori xonada keksa ayolga qanday yordam berdi

· 2 мин. чтения

img_alt

7-fevraldan 6-martgacha Instagram’da #PaymeHayotiyYechimlar xeshtegi ostida tanlov o‘tkazildi. Unda siz - bizning foydalanuvchilarimiz Instagram Stories-da hayot muammolarini hal qilishda sizga yordam bergan hikoyalar bilan o'rtoqlashdingiz.

Ba’zan oddiy vaziyatlar ortida O‘zbekiston xalqida naqadar ezgulik, o‘zaro yordam borligini sezmay qolamiz. Biz sizning ajoyib ishlaringizga qoyil qolamiz, shuning uchun biz ushbu ilhomlantiruvchi hikoyalar bilan bo'lishishga qaror qildik. Shu tariqa biz har kuni ko‘p ezgu ishlarni amalga oshirayotgan O‘zbekiston xalqiga o‘z minnatdorchiligimiz va hurmatimizni bildiramiz.

Birinchi maqola biz keksa ayolga qimmatbaho dori-darmonlarni sotib olishga yordam bergan ishtirokchi haqida gapirib beramiz.

«Ba’zida dunyoni biroz yaxshiroq qilish uchun bitta yaxshi ish kifoya qiladi»



Munira ismli qiz dorixona kassasi oldidagi navbatda turib, ko'pchilikka tanish bo’lgan hodisani kuzatib turar edi: keksa ayol dori-darmonlar narxini to'lash uchun ro’molchasidagi pullarni qarayotgan edi. Hammasi yaxshi bo'lardi, lekin uning mablag’lari dori-darmon narxini to'lash uchun etarli emas edi – ular nafaqat pensioner, balki hatto ishlaydigan kishi uchun ham juda qimmat edi. Munira yaxshi niyatlar bilan dori-darmon narxining bir qismini to’lab, bu ayolga yordam berishga qaror qildi:

"Menda naqd pul yo'q edi, men Payme orqali to'ladim. Men uni tez-tez eslayman. Umid qilamanki, uning hamma ishlari joyida”, - deb o’rtoqlashdi finalchi Instagramdagi o'z sahifasida.



Biz boshqalarga yordam berish va g'amxo'rlik qilish istagi bilan odamlarni birlashtirgan o'ziga xos jamoaga aylanganimizdan xursandmiz. Shunday qilib, bizning ilovamizga 200 ga yaqin xayriya jamg'armalari va turli tashkilotlar bog'langan alohida "Xayriya" bo'limi mavjud. Foydalanuvchilar ular orasidan kerarlisini tanlab, o’z mablag’larining bir qismini xayrli ishga yo’naltirishlari mumkin.


Shuningdek, 2022 yil oxirida Paymeda Payme Mahalla platformasi paydo bo'ldi, bu yerda foydalanuvchilar pul operatsiyalardan to'plagan o'z ballarini missiyani (muayyan ijtimoiy vazifalarni) bajarish uchun sarflashlari mumkin. Loyiha boshlanganiga ko'p vaqt bo'lmaganiga qaramay, Payme foydalanuvchilari tufayli ikkita missiyani – Qoroqalpog'iston va Namangan viloyatining chekka tumanlaridagi maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan ta'minlash vazifasini amalga oshirishga muvaffaq bo’ldi.