Перейти к основному содержимому

«Payme foydalanuvchilarining hayotidagi voqealarga asoslangan»: favqulodda vaziyatda Shaxnozaga qanday yordam berishgani to‘g‘risida

· 2 мин. чтения

img_alt

Instagram #PaymeLifeDecisions xeshtegi ostida tanlov o‘tkazdi. Unda siz, bizning foydalanuvchilarimiz Instagram Stories-da xizmat hayotiy muammolarni hal qilishda yordam bergan hikoyalar bilan o'rtoqlashdingiz.

Yangi voqeada yosh onalardan biri Shaxnozaning o‘g‘li bilan sodir bo‘lgan va tezkor qarorni talab qilgan voqeasi bayon etiladi.

«Hattoki falokat oyoq ostidan chiqsa ham, doimo yo‘li topiladi»



Insonning hayotida, quyida qahramonimiz bo‘lgan ayolnikiga o‘xshash turli kutilmagan voqealar sodir bo‘lishi mumkin. Ushbu qissada kasalxonadagi hodisa bayon etiladi.



Bir necha yil avval o‘sha payt onalik ta’tilida bo‘lgan Shaxnoza mitti o‘g‘ilchasini tekshiruvdan o‘tkazish uchun sobiq ToshMI ga yo‘l oldi. Ko‘rik narxi avvaldan ma’lum bo‘lgani uchun ayol qo‘shimcha pul olmasdan kasalxona sari ketdi.



To‘satdan o‘g‘lida kuchli og‘riqlar boshlanib, ko‘richakka shubha paydo bo‘ldi. Qo‘lida bolasi bilan yosh onaning boshi qotdi: zudlik bilan boshqa kasalxonaga borish kerak, taksiga esa naqd pul to‘lamasa bo‘lmaydi. Yon-atrofida bankomatlar yo‘q edi, ammo Payme yordamida unga kartadan naqd pul yechib olishga yordam berishdi. Xayriyat, go‘dagiga o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatildi va barchasi allaqachon ortda qoldi.



«Bu vaziyatni ham, eng yaxshi to‘lov tizimi bo‘lmish Payme ning yordamini ham hech qachon yodimdan chiqarmayman», – deydi Shaxnoza.



Yildan yilga biz foydalanuvchilarimizning kundalik vazifalarini osonlashtirish uchun innovatsiyalar qilish uchun tinimsiz ishlaymiz. Bugun biz shunchaki plastik kartochkalardagi mablag‘larni boshqarish ilovasi emasmiz: biz foydalanuvchilarga noyob sodiqlik dasturini, ijtimoiy muammolarni hal qilishda foydalanuvchilarimizni birlashtiruvchi Payme Mahalla platformasini va boshqa ko‘p narsalarni taklif etamiz. Shunday qilib, bugungi kunda bizga 190 ga yaqin tibbiyot muassasasi ulangan bo‘lib, u yerda hech qanday muammosiz onlayn to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin