Перейти к основному содержимому

UZCARD va payme Tez QR orqali to‘lovlarga 3% keshbek aksiyasini yo‘lga qo‘ymoqda

· O‘qish vaqti: 1 daqiqa

img alt

Taklif 2026-yil 5-oktyabrdan 31-dekabrgacha amal qiladi.

UZCARD va payme Tez QR orqali to‘lov uchun 3% keshbek bilan qo‘shma aksiyani yo‘lga qo‘ymoqda. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekistonning 11 viloyatida: Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazmda bo‘lib o‘tmoqda.

Keshbek olish uchun payme go yordamida Tez QR orqali xaridni amalga oshirish kifoya: payme yoki TBC Bank Uzbekistan ilovalari orqali UZCARD terminalidagi QR-kodni skanerlash. Keshbek ballar bilan hisoblanadi va uni payme plus yoki TBC Plus’ga faol obuna bo‘lgan hamda sodiqlik dasturida ishtirok etgan holda sarflash mumkin bo‘ladi.

Tez QR orqali to‘lov butun mamlakat bo‘ylab payme foydalanuvchilari uchun mavjud. Xizmat xaridlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfondan to‘lash imkonini beradi - kartani sotuvchiga topshirish yoki uning ma’lumotlarini qo‘lda kiritish zaruratisiz.

Tez QR doirasida UZCARD va payme hamkorligi rivojlanishda davom etmoqda. Integratsiya ishga tushirilgan paytda 15 milliondan ortiq payme foydalanuvchilari mamlakat bo‘ylab 200 mingdan ortiq savdo nuqtalarida Tez QR orqali xaridlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

*Aksiya Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi foydalanuvchilar uchun amal qilmaydi.