payme plus tarif rejalari yangilanmoqda

Ushbu o‘zgarishlar payme plus’dan foydalanishni yanada qulaylashtirishga yordam beradi va obuna doirasidagi xizmatlar to‘plamini kengaytiradi.
2026-yil 1-iyundan boshlab payme plus obunasidagi tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Ushbu yangilanishlar xizmatni rivojlantirish va foydalanuvchilar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
O‘zgarishlardan biri — «Asosiy» tarifining yopilishidir. 2026-yil 1-iyundan ushbu tarif o‘z faoliyatini to‘xtatadi va uning barcha amaldagi foydalanuvchilari avtomatik tarzda oyiga 9 990 so‘mlik «Kirim-chiqim» tarifiga o‘tkaziladi. Foydalanuvchilar xizmatdan uzluksiz va ortiqcha harakatlarsiz foydalanishda davom etishlari uchun o‘tish jarayoni avtomatik tarzda amalga oshadi. Hech qanday qo‘shimcha sozlamalarni kiritish yoki biror narsani ulash talab etilmaydi — tarif o‘z-o‘zidan o‘zgaradi.
2026-yil 1-iyundan boshlab «Hammasi ichida» tarifiga 29 990 so‘m narxida ulangan foydalanuvchilar uchun aksiya yakunlanadi. 31-maygacha bunday foydalanuvchilar uchun tarifning aksiya narxi saqlanib qoladi, iyun oyidan boshlab esa 29 990 va 39 990 so‘mdan ulangan foydalanuvchilar uchun yagona narx amal qiladi: oyiga 39 990 so‘m (standart 44 990 so‘m o‘rniga).
Bundan tashqari, 1-iyundan «Kirim-chiqim» tarifi yangilanadi. Tarif narxi oyiga 4 990 so‘mdan 9 990 so‘mga o‘zgaradi. Buning evaziga foydalanuvchilar qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lishadi: tarifga «Yandex obunasi» qo‘shiladi, shuningdek, «Keyinroq to‘lash» xizmati bo‘yicha limit oshiriladi.
Ushbu o‘zgarishlar payme plus’dan foydalanishni yanada qulaylashtirishga yordam beradi va obuna doirasidagi xizmatlar to‘plamini kengaytiradi. Savollar tug‘ilsa, 1350 raqami orqali payme qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz mumkin.
payme’da Visa Direct orqali o‘tkazmalar shartlari yangilanyapti
payme foydalanuvchilariga Visa Direct xizmati orqali pul o‘tkazmalari bo‘yicha yangilangan tarif shartlari kuchga kirayotganini ma’lum qiladi. O‘zgarishlar 1-iyundan boshlab amal qiladi.
O‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxati va amaldagi shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: