Перейти к основному содержимому

Ogoh bo‘ling: Telegram va WhatsApp’dan ilova yuklamang

· 1 мин. чтения

img alt

Ijtimoiy tarmoqlarda zararli ilovalar keng tarqamoqda. Bunday ilovalarni o‘rnatgandan so‘ng siz firibgarlarga shaxsiy ma’lumotlaringiz va boshqa xabarlarga kirish imkonini taqdim etasiz.

Yuqoridagi ma’lumotlar yordamida firibgarlar sizning qurilmangizdagi boshqa dasturlarga ham kirish imkoniga ega bo‘ladi. Zararli ilovalarning nomlari turlicha bo‘lib, ular to‘lov va davlat tizimlari, aksiya, tezkor kredit nomlari kabi nomlanadi.

Agar shu kabi ilovani o‘rnatgan bo‘lsangiz, unda uni zudlik bilan o‘chirishni tavsiya qilamiz.
Buning uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:
“Sozlamalar” darchasini oching,
“Ilovalar” bo‘limiga o‘ting,
“Ilovalar boshqaruvi” bo‘limini tanlang,
Xavfli ilovani toping va “O‘chirib tashlash” tugmasini bosing.

Agar xavfli ilovaning nomini eslay olmasangiz:
“Sozlamalar” darchasini oching,
“Ilovalar” bo‘limiga o‘ting,
“Ruxsatlar”ni tanlang,
“SMS”, “Telefon”, “Ekranni qulflash”, “Xabarlar oynasi” va “Xabarlar” xizmatiga taqdim etilgan barcha ruxsatlarni tekshiring.

Agar xavfli ilovani topa olmasangiz yoki uning nomini eslay olmasangiz, unda telefonni zavod sozlamalariga qaytaring.

Ogoh bo‘ling va ilovalarni faqat rasmiy manbalardan yuklang!