“Toʻlovlar monitoringi” xizmatiga ulanish boʻyicha aksiyani oʻtkazish qoidalari

1.Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur Qoidalar shartnomaning barcha muhim shartlarini oʻz ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga koʻra ommaviy oferta hisoblanadi. Ushbu Qoidalarda ishtirok etish shartlarini, Gʻoliblarni aniqlash va Sovrinni topshirish tartibini, shuningdek, “INSPIRED” XK MChJ tomonidan tashkil etilgan monitoringni ulash aksiyasini tashkil etish va oʻtkazish uchun boshqa muhim shartlarni belgilaydi.
1.2. Ishtirokchi tomonidan bir vaqtning oʻzida ushbu Qoidalarning 3.1-bandida koʻrsatilgan barcha shartlarni bajarishi Aksiyada ishtirok etishga rozilik bildirishni anglatadi va Qoidalarda koʻrsatilgan barcha shartlarni soʻzsiz qabul qilish hisoblanadi.
1.3. Mazkur Qoidalar “Payme” toʻlov xizmatini ommalashtirishga qaratilgan ragʻbatlantiruvchi tadbir boʻlgan “Toʻlovlar monitoringi” xizmatini ulash boʻyicha Aksiyani (bundan keyin “Aksiya” deb ataladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1.4. Aksiya tashkilotchisi “INSPIRED” XK MChJ (“Payme” savdo belgisi egasi), yuridik manzili: Toshkent sh., 100015, Fidokor ko‘chasi, 10 B; tel.: (71)150-22-25; 150-22-26, bundan keyin “Tashkilotchi” deb yuritiladi.
1.5. Akisya gʻolibi18 (oʻn sakkiz) yoshga toʻlgan har qanday shaxs boʻlishi mumkin, Aksiya Tashkilotchisi xodimlari (Tashkilotchi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan shaxslar), shuningdek, jonli efir (tanlov) davomida boshlovchi sifatida taklif qilingan shaxslar bundan mustasno.
1.6. Ushbu Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan oʻyin emas va Aksiya ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bogʻliq hech qanday mulkiy xavflarga ega emas. Aksiyaning sovrin fondi faqat Tashkilotchi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi.
1.7. Aksiya oʻtkazish muddatlari:
Boshlanish sanasi: 2024 yil 19 fevral (soat 00:01 dan).
Tugash sanasi 2024 yil 24 mart (soat 23:59 gacha)