payme plus’da TBC Salom kartasidan oʻtkazmalar limiti yangilanmoqda

6-oktabrdan TBC Plus va payme plus yagona obunaga birlashtirildi. 27-oktabrdan esa ushbu obuna doirasida TBC Salom kartasidan oʻtkazmalar limiti yangilanmoqda. Quyida qaysi shartlar oʻzgargani va qaysilari oʻz holicha qolganini koʻrib chiqamiz.
Bitta obuna — ikkita ilova
Obunani TBC yoki payme ilovasining birida rasmiylashtirish mumkin. Obuna har ikkala ilovada ham birdek amal qiladi, ikki marta toʻlash shart emas.
Obunaga nimalar kiradi:
• 2% keshbek. TBC Salom Visa kartasi orqali toʻlov qilganda keshbek beriladi. Kategoriya bo‘yicha shartlar ilovada koʻrsatilgan.
• Yandex Plus va Setanta Sports. Ikkala servis ham obunaga kiritilgan, ular uchun alohida toʻlov qilinmaydi.
• Komissiyasiz P2P-oʻtkazmalar. Uzcard va Humo kartalariga oyiga 5 mln soʻmgacha bepul oʻtkazma.
• “Hammasi ichida” tarifi. Obunadagi barcha imkoniyatlar payme’da ham, TBC’da ham birdek ishlaydi.
27-oktabrdan nimalar oʻzgaradi
27-oktabrdan eʼtiboran, obunaga ega foydalanuvchilar payme ilovasi orqali TBC Salom kartalaridan komissiyasiz oyiga 50 mln soʻmgacha pul oʻtkazishlari mumkin boʻladi. Agar foydalanuvchida bir nechta TBC Salom kartasi boʻlsa, toʻlov tizimidan (Humo, UZCARD yoki Visa) qatʼi nazar, ular uchun bitta umumiy limit amal qiladi.
Obunasiz holatda esa TBC Salom kartasidan boshqa kartalarga pul oʻtkazmalari payme tariflariga muvofiq komissiya bilan amalga oshiriladi.
TBC Salom kartasini istalgan kartadan toʻldirish esa avvalgidek — obuna boʻlsa ham, boʻlmasa ham — komissiyasiz qoladi.
Batafsil maʼlumot uchun:
Savollaringiz boʻlsa, 1350 raqami orqali aloqa markaziga qoʻngʻiroq qilishingiz (Oʻzbekiston boʻyicha, 24/7) yoki payme ilovasidagi qoʻllab-quvvatlash chatiga yozishingiz mumkin.