“X-factor” ko‘rsatuvida ovoz berish qoidalari
«X-factor» ko‘rsatuvi (bundan keyin “X-factor Ko‘rsatuvi” yoki “Ko‘rsatuv”) tomoshabinlarining ovoz berish davri:
«X-factor» Ko‘rsatuvi ishtirokchilariga ovoz berish 2024 yilning 24 noyabridan 2024 yilning 29 dekabriga qadar davom etadi (ikkala sana ham kiradi). Ko‘rsatuvning u yoki bu soni ishtirokchilari uchun ovoz berishning boshlanishi va tugashi haqida FTV Telekanali efirlarida ko‘rsatuv boshlovchilari tomonidan ma’lum qilib boriladi (bundan keyin – “Ovoz berish”). Ovoz berish jarayonlari haqidagi batafsil ma’lumotlar ushbu Qoidalarga muvofiq aniqlanadi va ko‘rsatuv boshlovchilari tomonidan xabardor qilinadi.






