
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu «YOKI-YOKI» aksiyasini o‘tkazish qoidalari (keyingi o‘rinlarda matnda «Qoidalar» deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi va 369-moddasining 2-qismiga amal qilgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, ommaviy oferta hisoblanadi va «YOKI-YOKI» aksiyasini (keyingi o‘rinlarda matnda «Aksiya» deb yuritiladi) o‘tkazish shartlarini belgilaydi.
1.2. Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yin hisoblanmaydi, Aksiyada ishtirok etganlik uchun to‘lov undirilmaydi, shuningdek, Aksiya ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etishi bilan mulkiy tavakkalchilikka ega boʻlmaydilar.
1.3. Aksiya yangi foydalanuvchilar orasida «Payme» to‘lov xizmatini (keyingi o‘rinlarda matnda «Payme» deb yuritiladi) ommalashtirishga, shuningdek, amaldagi Payme foydalanuvchilarining sodiqligini oshirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi tadbir hisoblanadi. Aksiya faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
1.4. Aksiya tashkilotchisi: «PAYME» aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda matnda «Tashkilotchi» deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan (ro‘yxat raqami: 1231, ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana: 07.07.2021y., STIR: 302050181) yuridik shaxs bo‘lib, Toshkent shahri, 100015, Fidokor ko‘chasi, 10-B uy (telefon raqami: 1350) manzilida joylashgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 04.04.2020 yilda berilgan 3-sonli litsenziya asosida to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshiradi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 08.06.2024 yilda qayta rasmiylashtirilgan.
1.5. Aksiya qoidalari Tashkilotchi tomonidan payme.uz saytida e’lon qilinadi, shuningdek, Tashkilotchining xohishiga ko‘ra Payme mobil ilovasida va/yoki boshqa resurslarda (ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda va h.k.) e’lon qilinishi mumkin.
1.6. Aksiya Tashkilotchi xodimlari bo‘lgan shaxslarga (shu jumladan Tashkilotchida o‘z mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoki Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy turdagi shartnoma tuzgan shaxslarga) tatbiq etilmaydi. Tashkilotchi xodimlari Aksiyada ishtirok etmaydi.
1.7. Aksiyani o‘tkazish muddati:
- aksiya boshlanish sanasi: 2025-yil 03-mart kuni soat 12:00 dan.
- aksiyani tugatish sanasi: 2025-yil 31-mart kuni soat 12:00 gacha (shu kuni ham).
Barcha muddatlar Toshkent vaqti bilan hisoblanadi.
2. Aksiyada ishtirok etish uchun shartlar
2.1. Aksiyada ro‘yxatdan o‘tgan va Payme foydalanuvchilari bo‘lgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxslarga ishtirok etishga ruxsat beriladi.
2.2. Aksiyada quyidagilar ishtirok etmaydi:
- Tashkilotchi xodimlari bo‘lgan shaxslar (shu jumladan, o‘z mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshirayotgan yoki Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy turdagi shartnoma tuzgan shaxslar). Tashkilotchi xodimlari Aksiyada ishtirok etmaydi.
- Aksiyani tashkil etish va o‘tkazishga jalb qilingan boshqa shaxslar.
2.3. Aksiyada ishtirok etish uchun Payme mobil ilovasining ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchisi quyidagi harakatlarni bajarishi kerak:
- Payme mobil ilovasida «YOKI-YOKI» bo‘limiga o‘tish;
- «YOKI-YOKI» o‘yinida virtual jamoalardan birini tanlash;
- «YOKI-YOKI» o‘yini qoidalariga rioya qilgan holda o‘ynash va ball to‘plash.
Yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirish orqali Payme foydalanuvchisi ushbu Qoidalar bilan tanishganligini, shuningdek, ushbu Qoidalarga to‘liq va so‘zsiz roziligini (akseptini) tasdiqlaydi hamda Aksiya ishtirokchisiga aylanadi (keyingi o‘rinlarda matnda «Ishtirokchi» deb yuritiladi).
3. Aksiya shartlari va g‘oliblarni aniqlash